Sirdaryoda vatanparvarlik va birdamlik estafetasi
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz böylab ötkazilayotgan bayroq estafetasining asosiy tadbirlari Sirdaryo viloyati markazi — Guliston şahrida kötarinki ruh va yuksak vatanparvarlik tuyğulari ostida bölib ötdi.
«Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida taşkil etilgan tantanali tadbir yurtdoşlarimizni milliy iftixor, Vatanga sadoqat va hamjihatlik tuyğulari atrofida birlaştirdi.
Bayram tantanalari Islom Karimov köçasi böylab taşkil etilgan bayroq paradi bilan boşlanib, şahar markazida qad rostlagan muhtaşam «Yurt bayroği» maydoniga qadar davom etdi. Tantanali marosimda viloyat içki işlar organlari, viloyat Mudofaa işlari boşqarmasi, Mudofaa vazirligi Jamoatçilik kengaşi, Milliy gvardiya hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari, harbiy faxriylar va kuç tuzilmalari xodimlari, viloyat Yoşlar işlari boşqarmasi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi faollari, davlat va jamoat taşkilotlarining, şuningdek, nuroniylar, talaba-yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari qatnaşişdi.
[gallery-32558]
Estafeta doirasida minglab yoşlarni birlaştirgan yuguriş marafoni, harbiy otliqlar yurişi, avtokarvon, velosipedçilar safining namoyişi va tantanali yurişlar şahar köçalariga özgaça fayz va bayramona kayfiyat bağişladi. Ayniqsa, ulkan Davlat bayroğining minglab yoşlar va aholi vakillari tomonidan şahar markazi böylab faxr va iftixor bilan olib ötilişi tadbirning eng taʼsirçan va yodda qolarli lahzalaridan biri böldi. Bu manzara nafaqat bayramona şodiyonaning, balki yurt taqdiriga daxldorlik, milliy birlik va Vatanga muhabbat tuyğularining yorqin ifodasiga aylandi. Zero, Davlat bayroği har bir yurtdoşimiz uçun mustaqillik, erkinlik, tinçlik va buyuk kelajakka bölgan işonç timsolidir.
Şahar markazidagi «Yurt bayroği» maydonida taşkil etilgan tantanali konsert dasturi bayram şukuhini yanada oşirdi. Unda taniqli sanʼatkorlar, iqtidorli yoşlar iştirok etişib, Vatanni madh etuvçi kuy-qöşiqlar va sahna çiqişlari orqali yiğilganlarga kötarinki kayfiyat bağişladilar.
Tadbirda viloyat hokimining maslahatçisi Ğaybulla Yusupov viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirovning bayram iştirokçilariga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Unda Davlat bayroğining mamlakatimiz mustaqilligi, milliy özligimiz, xalqimizning ezgu orzu-intilişlari hamda xalqaro maydondagi nufuzimizning muhim ramzi ekani alohida taʼkidlandi.
Tadbirda iştirok etgan Mudofaa vazirligi Jamoatçilik kengaşi yetakçi mutaxassisi, isteʼfodagi podpolkovnik Odil Muhamedjanov bayroq estafetasining maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirdi:
— Davlat bayroği — bu xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligimiz timsoli, vatanimiz şaʼni va qadr-qimmatining ifodasidir. Unda asrlar davomida şakllangan milliy qadriyatlarimiz, bugunimizga bölgan şukronalik va kelajakka qaratilgan ezgu maqsadlarimiz mujassam. Gulistonda ötkazilgan bayroq estafetasi davomida ana şu yuksak tuyğularning amaldagi ifodasini kördik. Ayniqsa, minglab yoşlarning bir safda jam bölib, ulkan bayroğimizni faxr va iftixor bilan şahar köçalari böylab olib ötişi qalbimizda çeksiz hayajon va ğurur uyğotdi. Ularning közlaridagi quvonç, yuzlaridagi iftixor va qalblaridagi Vatanga muhabbat bugungi avlodning milliy özligiga, yurt taqdiriga befarq emasligini namoyon etdi. Işonamanki, bunday ezgu tadbirlar yoşlarimizni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak masʼuliyat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etaveradi.
Marosimning eng muhim va ramziy lahzalaridan biri Davlat bayroğining Sirdaryo viloyati yoşlari va masʼullari tomonidan Toşkent viloyati delegatsiyasiga tantanali ravişda topşirilişi böldi. Harbiy orkestr sadolari ostida bayroqçilar safidagi yigitlarning tantanali yurişi, şuningdek, faxriylar iştirokidagi çiqişlar marosimga yanada uluğvorlik va tantanavorlik bağişladi.
Bayroq estafetasi nafaqat viloyat markazida, balki Sirdaryo viloyatining barça tuman va şaharlarida ham keng nişonlandi. Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan hokimlar boşçiligida ommaviy yurişlar, yuguriş marafonlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda bayram konsertlari taşkil etildi. Uşbu tadbirlar turli avlod vakillarini, ayniqsa, yoşlarni yagona ezgu maqsad atrofida jipslaştirdi.
Gulistondagi bayroq estafetasi bir kunlik bayram tadbiri bölibgina qolmay, xalqimizning milliy ğururi, Vatanga sadoqati va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusini namoyon etgan unutilmas maʼnaviy-maʼrifiy voqeaga aylandi.
Zero, bayroğimiz baland bölsa, qadrimiz baland, birligimiz mustahkam bölsa, kelajagimiz porloqdir. Mustaqilligimiz ramzi bölgan muqaddas bayroğimiz hamişa osmonimizda mağrur hilpirab tursin!
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat), ÖzA muxbirlari