Termizda “Men g‘olib” marafoni bo‘lib o‘tdi
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, yengil atletika federatsiyasi va tegishli tashkilotlar hamkorligida “Men g‘olib”ommaviy vatanparvarlik yugurish marafoni o‘tkazildi.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan marafonda ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va sportsevar yoshlar ishtirok etdi.

Marafon qatnashchilari Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab uch kilometr masofani bosib o‘tdi.
Musobaqa chog‘ida sport bilan muntazam shug‘ullanadigan harbiy xizmatchilarning yuqori jismoniy tayyorgarlik, matonat va irodasi keng namoyon bo‘ldi.

Qizg‘in bellashuv va hayajonli bahslarga boy bo‘lgan marafonning g‘olib hamda sovrindorlari medal, diplom, pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA