Men G‘olib run” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy shahrida vatanparvarlik oyligi doirasida “Men G‘olib run” an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar, kuch tuzilmalari vakillari, oliy harbiy va maxsus ta’lim muassasalari kursantlari hamda havaskor sportchilar faol ishtirok etdi.

Mazkur sport tadbiri yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, harbiy-kuch tuzilmalarining jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa 3 kilometr masofada o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zlarining chidamliligi, matonati va sport mahoratini namoyon etdi.

Bellashuvlar yakunida erkaklar va ayollar o‘rtasida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanib, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA