Roberto Martines: Ronalduning ham terma jamoada boshqalar kabi majburiyatlari bor
Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan keyin ham uning darajasida pasayish ko‘rmayapman.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Ronaldu hali ham g‘alaba qozonish ishtiyoqiga ega. Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan keyin ham uning darajasida pasayish ko‘rmayapman. U juda yaxshi formada va bu Portugaliya terma jamoasiga jahon chempionatida katta yordam beradi. Barcha yutuq va unvonlariga qaramay uning ishtiyoqi o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu katta hurmatga loyiq. Biroq terma jamoadan joy olish uchun yutuqlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Futbolchi jamoa muvaffaqiyatiga ham hissa qo‘shishi kerak. Garchi Ronaldu yuqori darajadagi futbolchi bo‘lsa ham boshqalar kabi uning ham terma jamoada majburiyatlari bor", - dedi Martines.
Portugaliya terma jamoasi mundialdagi ilk o‘yinini 17-iyun kuni Kongo DRga qarshi o‘tkazadi.