Kristian Pulishich: Jahon kubogini ko‘tarayotganimni tasavvur qilaman
Biz turnirda g‘alaba qozonishimiz mumkin, lekin bunga kafolat bermayman.
AQSh terma jamoasi va Italiyaning "Milan" klubi vingeri Kristian Pulishich bo‘lajak mundial oldidan turnirdagi orzulari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hamma jahon chempionati va biz haqimizda gapiryapti. Biz turnirda g‘alaba qozonishimiz mumkin, lekin bunga kafolat bermayman. Garchi tunlari bu haqida orzular qilsam ham. Ba’zida jahon kubogini ko‘tarayotganimni tasavvur qilaman. Biz o‘zimizga va orzularimizga ishonishimiz kerak", - dedi Pulishich.
AQSh terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Paragvay, Avstraliya va Turkiya terma jamoalar bilan kuch sinashadi.