1966-yilgi Jahon Chempionati: Futbol vataniga qaytgan lahza
Bu turnir "Uch sherlar"ning ilk va yagona chempionligi sifatida tarixga muhrlangan.
Futbol tarixidagi eng esda qolarli turnirlardan biri — Angliya-66 haqida qisqacha va qiziqarli faktlar bilan tanishing. Bu turnir "Uch sherlar"ning ilk va yagona chempionligi sifatida tarixga muhrlangan.
Turnirning asosiy raqamlari:
Sana: 1966-yil, 11 – 30-iyul
Ishtirokchilar: 16 ta terma jamoa
O‘yinlar soni: 32 ta uchrashuv
Jami gollar: O‘rtacha har bir o‘yinga 2,8 tadan
Tomoshabinlar: jami 1 563 135 nafar (o‘sha davr uchun rekord ko‘rsatkich!)
Qahramonlar va ramzlar:
To‘purar: Eysebio (Portugaliya) – 9 ta gol. Ushbu afsonaviy hujumchi o‘z jamoasini kuchli uchlikka olib chiqqan.
Maskot (Mascota): Villi (Willie) ismli arsloncha. Bu JCH tarixidagi ilk rasmiy tumor hisoblanadi.
Rasmiy to‘p: “Slazenger” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Challenge 4 Stars".
Sovrindorlar:
Chempion: Angliya
Ikkinchi o‘rin:-GFR (G‘arbiy Germaniya)
Uchinchi o‘rin: Portugaliya
Final va drama:
Turnirning kulminatsiyasi afsonaviy “Uembli” stadionida kechgan. Hal qiluvchi bahsda mezbon Angliya va Germaniya Federativ Respublikasi to‘qnash kelishgan. Dramatik tarzda kechgan o‘yinda inglizlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, ilk bor Jahon kubogini boshlari uzra baland ko‘tarishgan.
Mashhur "Gerst goli" va hakam Tofiq Bahramovning qarori hamon futbol olamida bahslarga sabab bo‘lib keladi.
