Nazoratdan kömakkaça: sifatli mahsulot va xavfsiz bozor sari
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantiriş, işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va ular uçun qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Şu bilan birga içki bozorda sifatli va xavfsiz mahsulotlar muomalasini taʼminlaş, isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qiliş ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda texnik jihatdan tartibga soliş sohasida davlat nazorati muhim örin tutadi. Biroq nazoratni faqat qoidabuzarliklarni aniqlaş va tegişli çoralar köriş bilan çeklab bölmaydi. Uning eng muhim vazifalaridan biri — tadbirkorlarga qonunçilik talablarini tuşuntiriş, mavjud muammolarning oldini oliş va ularning faoliyatini belgilangan talablar asosida taşkil etişiga kömaklaşişdir. Şu nuqtai nazardan, Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida davlat nazorati, profilaktika va nazorat xaridi yönalişlarida tizimli işlar amalga oşirildi.
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida qonuniylik va sifat ustuvor
Hisobot davrida respublika böylab 359 ta korxonada davlat nazorati tadbirlari ötkazildi. Örganişlar davomida mahsulotlarning texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligi, ölçaş vositalarining belgilangan tartibda qiyoslanganligi hamda mahsulotlarni realizatsiya qilişda muvofiqlikni baholaş talablariga rioya etilişiga alohida eʼtibor qaratildi. Natijalar ayrim korxonalarda mahsulot sifati, ölçaş vositalaridan foydalaniş va muvofiqlikni baholaş bilan boğliq kamçiliklar mavjudligini körsatdi. Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar körildi. Şu bilan birga, tadbirkorlik subʼektlariga yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş, işlab çiqariş va savdo jarayonlarini amaldagi talablarga muvofiq taşkil etiş yuzasidan zarur tuşuntirişlar berildi. Bizning yondaşuvimizda tadbirkorning qonunçilik talablaridan xabardor bölişi va ularga amal qilişi muhim ahamiyatga ega. Çunki öz vaqtida bartaraf etilgan har bir kamçilik kelgusida ortiqça xarajatlar, moliyaviy yöqotişlar va huquqiy muammolarning oldini oladi.
Profilaktika — tadbirkorga amaliy kömak
Inspeksiya faoliyatida profilaktika tadbirlariga alohida ustuvorlik berilmoqda. Zero, qoidabuzarlik sodir etilganidan keyin çora körişdan köra, uning oldini oliş samaraliroqdir. Şu maqsadda joriy yil boşidan buyon respublika böylab 17 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼektiga qonunçilik talablarini tuşuntirişga qaratilgan ogohlantiriş xatlari va tarqatma materiallar yuborildi. Uşbu tadbirlar barça hududlarda amalga oşirilib, tadbirkorlarga mahsulotlarni muvofiqlikni baholaşdan ötkaziş, ölçaş vositalarini öz vaqtida qiyoslaş, texnik reglament va standartlar talablariga rioya etiş, mahsulotlarni tegişli hujjatlar asosida realizatsiya qiliş masalalari böyiça tuşuntirişlar berildi. Eng muhimi, bunday işlar tadbirkorlik subʼektlariga öz faoliyatini töğri yölga qöyiş, mavjud kamçiliklarni oldindan aniqlaş va ularni mustaqil ravişda bartaraf etiş imkonini beradi. Kelgusida ham tadbirkorlar bilan oçiq muloqotni kuçaytiriş, ularning murojaat va takliflarini örganiş, qonunçilik talablarini amaliyotda qöllaş böyiça uslubiy yordam körsatiş işlari davom ettiriladi.
Nazorat xaridi — isteʼmolçi işonçi va halol raqobat kafolati
Içki bozorda realizatsiya qilinayotgan mahalliy va import mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini taʼminlaş maqsadida çakana savdo obʼektlarida nazorat xaridi tadbirlari ötkazilmoqda. Joriy yilning ötgan ön oyida 146 ta nazorat xaridi tadbiri doirasida 244 ta mahsulot namunasi xarid qilinib, akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyalariga taqdim etildi.
Sinov natijalariga köra, ayrim mahsulotlarda sifat va xavfsizlik körsatkiçlari böyiça nomuvofiqliklar aniqlandi. Bir qator mahsulotlar esa belgilangan talablarga muvofiq deb topildi. Ayrim namunalar böyiça sinov jarayonlari davom etmoqda. Nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni savdodan qaytarib oliş va belgilangan tartibda utilizatsiya qiliş yuzasidan mahsulot egalariga tegişli taqdimnomalar kiritildi.
Aniqlangan nomuvofiq mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar «Texnik tartibga soliş» milliy axborot tizimi negizidagi xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar beriş axborot tizimi — blacklist.tris.uz platformasiga kiritilmoqda. Bu tizimning ahamiyati şundaki, u xavfli mahsulotlar haqida tezkor axborot almaşiş, ularning bozorda tarqalişining oldini oliş va isteʼmolçilar xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Sifat — tadbirkorning obrösi va raqobatbardoşligi
Bugungi bozor şaroitida mahsulot sifati va xavfsizligi har qanday işlab çiqaruvçi va tadbirkor uçun muhim raqobat ustunligidir. Texnik reglament va standartlar talablariga amal qiliş nafaqat qonunçilikda belgilangan majburiyat, balki isteʼmolçilar işonçini qozoniş, mahsulot raqobatbardoşligini oşiriş va yangi bozorlarga çiqişning muhim şarti hamdir.
Şu bois Inspeksiya öz faoliyatida tadbirkorlik subʼektlari bilan hamkorlikni yanada kuçaytiriş, ularning muammolarini örganiş va qonuniy yeçimlarini topiş, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlaş böyiça amaliy kömak berişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Biz nazorat va profilaktika tadbirlarini özaro uyğunlikda olib boriş orqali tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning barqaror faoliyat yuritişiga şaroit yaratiş hamda içki bozorda halol raqobat muhitini mustahkamlaşni maqsad qilganmiz.
Zero, samarali nazorat — bu faqat talab qöyiş emas, balki tuşuntiriş, ogohlantiriş va kömaklaşiş hamdir. Sifatli mahsulot işlab çiqarayotgan, qonunçilik talablariga amal qilayotgan har bir tadbirkorni qöllab-quvvatlaş esa soha oldidagi muhim vazifalarimizdan biridir.
Azamat Abdurahmonov,
Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida
nazorat inspeksiyasi boşliği