Libo uyezdi: obodlik va taraqqiyot uyg‘unlashgan maskan
Xitoyning Guychjou provinsiyasi janubida joylashgan Libo uyezdi nafaqat betakror tabiati va sayyohlik salohiyati, balki zamonaviy shaharsozlik qiyofasi, obod infratuzilmasi va sermazmun kundalik hayoti bilan ham e’tiborni tortadi.
Uezd ko‘chalari bo‘ylab yurganda zamonaviy binolar, ozoda yo‘laklar, tartibli ko‘chalar va harakatga boy shahar manzarasi kishida o‘ziga xos taassurot qoldiradi. Bu yerda shaharsozlik yechimlari, qulay infratuzilma va aholining kundalik turmush tarzi o‘zaro uyg‘unlashgan.
Libo hayotini kuzatar ekansiz, shaharning shiddatli sur’ati bilan bir qatorda, mahalliy aholining odatiy yumushlari, o‘zaro muloqoti va jamoat joylaridagi hayot ham e’tiborni jalb etadi. Ko‘chalardagi harakat, savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari, zamonaviy binolar orasida kechayotgan kundalik hayot uyezdning bugungi qiyofasini namoyon etadi.
Libo sayyohlar uchun tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lish imkonini yaratuvchi hudud bo‘lish bilan birga, Xitoyning mahalliy madaniyati, urf-odatlari va turmush tarzi bilan tanishish uchun ham o‘ziga xos maskandir. Bu yerda zamonaviy taraqqiyot va an’anaviy hayot tarzining uyg‘unligi shahar muhitida yaqqol seziladi.
[gallery-31904]
Obod ko‘chalar, zamonaviy me’moriy inshootlar va kundalik hayot manzaralari Libo uyezdining bugungi qiyofasini namoyon etadi. Shahar muhiti, aholi turmush tarzi va zamonaviy taraqqiyot jarayonlari aks etgan kadrlar hudud hayotining o‘ziga xos jihatlarini ochib beradi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA