Davlat rahbarini ta’sirlantirgan she’r qanday yaratildi? (+Video)
Ba’zan yurakdan chiqqan bir necha misra she’r minglab so‘zlar aytolmaydigan tuyg‘ularni ifoda eta oladi.
Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat va yurt ravnaqiga daxldorlik hissi ana shunday samimiy satrlarda namoyon bo‘ladi. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining yosh xodimasi Dilnoza Primqulova ham ana shunday iste’dod sohibalaridan.
Davlatimiz rahbarining korxonaga tashrifi davomida u o‘zi qalamga olgan she’rni o‘qib berib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Samimiy va mazmunli she’r Prezidentning ham e’tiborini qozonib, Dilnoza munosib rag‘batlantirildi.
Bugungi suhbatimizda yosh ijodkorning ilhom manbai, she’rga bo‘lgan mehri, mehnat faoliyati hamda kelgusi orzu-maqsadlari haqida so‘z yuritamiz.
Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.
O‘zA