Andijonda kadastr sohasida yarim yillik natijalar muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Andijonda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Anjumanda yer nazoratini kuchaytirish, yer qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash, ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportlarini rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, korrupsiyaning oldini olish va sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari, aholining mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish, «E’tirof» axborot tizimi orqali bajarilayotgan ishlar va erishilgan natijalar taqdim etildi.
[gallery-30620]
Matbuot anjumani davomida jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.
Ta’kidlanganidek, kelgusida ham yer munosabatlarida qonuniylikni ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish, aholiga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish hamda sohani raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA