Buxoro mahsulotlari xalqaro bozorlarda munosib o‘rin egallamoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarining o‘sishiga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyatning eksport hajmi 652 million AQSH dollarini tashkil etdi. Viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga eksport qilindi.
Eksport tarkibida qayta ishlangan sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari hamda xizmatlar ulushi ortib bormoqda.
Yevropa, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalarining kengayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport bozorlarini ochmoqda.
[gallery-30583]
Yil yakuniga qadar eksport hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun yangi eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish hamda logistika infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Eksport ko‘rsatkichlarining o‘sishi viloyat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA