“Besh tashabbus olimpiadasi”: musobaqalar jarayoni o‘rganildi
Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari jarayoni bilan tanishildi.
O‘rganish davomida Ta’lim va ilm-fan vazirligi mas’ullari Alisher Islomov hamda Muzaffar Pazilov boshchiligidagi ishchi guruh fakultetlar o‘rtasida tashkil etilayotgan bellashuvlarni kuzatib, talaba-yoshlarning tayyorgarligi va musobaqalarni tashkil etish holatiga e’tibor qaratdi. Mas’ullarga musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish hamda ishtirokchilarning puxta tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun, musobaqalarning birinchi bosqichi 2–12-oktabr, ikkinchi bosqichi 19–31-oktabr, uchinchi bosqichi esa 9–14-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Respublika bosqichining muddatlari tashkiliy qo‘mita qarori asosida belgilanadi.
Musobaqalar mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA