Diyora Keldiyorova qaytishini oltin medal bilan nishonladi
“Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytgan hamyurtimiz musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha bellashuvlarini muddatidan avval ippon bahosi bilan yakunladi.
-57 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan dzyudochimiz finalda ozarbayjonlik Farida Mirzayevani mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ushbu natija Diyora Keldiyorovaga xalqaro reyting uchun 100 ochko taqdim etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA