Yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Nurota tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda 2020-yilda Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi tashkil etilgan. Ayni paytda tuman aholisining 24,3 foizini, ya’ni 22 ming 166 nafarini yoshlar tashkil etadi.
Bugungi kunda tumandagi har bir mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular tomonidan yoshlarni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion, amaliy hamda istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-30726]
Jumladan, yoshlarning istiqbolli loyihalari uchun grant mablag‘lari ajratish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, iqtidorli, jamoat ishlarida faol va tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularni bilim olish, kasb-hunar egallash va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA