Bayramga mos ezgu tashabbus
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Namangan suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlar va ularning farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda jamiyat direktori jamoa a’zolarini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, farovonlik va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-30892]
Bayram tadbiri doirasida jamiyat tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan 38 nafar farzandiga o‘quv qurollari va maktab formalari topshirildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan 40 nafar ishchi-xodimga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg‘alar tarqatildi.
Bunday ezgu tashabbus xodimlar va ularning farzandlariga bayramona kayfiyat ulashish barobarida jamoada o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA