Toshkentda O‘zbekiston va Yaponiya shaharlarni iqlim xavflaridan himoya qilish masalalarini muhokama qildi(+video)
Toshkent shahrida O‘zbekiston hamda Yaponiya o‘rtasida shaharlarni tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamli qilish bo‘yicha yuqori darajadagi muloqot bo‘lib o‘tdi. BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda Yaponiyaning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda ikki mamlakat vakillari va ekspertlari ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Muloqot davomida barvaqt ogohlantirish tizimlarini joriy etish, yashil texnologiyalarni qo‘llash hamda zilzila va toshqinlarga chidamli infratuzilma barpo etish tajribalari o‘rganildi. Ta’kidlanishicha, ushbu hamkorlik doirasida Namangan shahri uchun O‘zbekistonda ilk bor "Iqlim va tabiiy xavf-xatarlar profili" ishlab chiqildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PpvfEX9ouWE" title="Oʻzbekiston shaharlar himoyasida Yaponiya bilan hamkorlik qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA