Fidoyi yoshlar yetakchisi (+video)
Andijon shahridagi Ma’rifat mahallasida yoshlar bilan ishlash yangi bosqichga ko‘tarildi. Yoshlar balansi asosida har bir yigit-qizning qiziqishi, muammosi va maqsadi o‘rganilib, manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tizimli faoliyat ortida esa fidoyi yoshlar yetakchisi – Yunusbek Abdug‘afforovning tashabbusi va mas’uliyati turibdi.
Bugun Ma’rifat mahallasida yoshlar bandligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boshqalarga ham namuna bo‘la oladi.
Tayyorlangan videorolik aynan shu samarali tajriba, izlanish va natijalar haqida hikoya qiladi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/rHMK-pdPVL4?si=y1jKhOXbPkdtvWP5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (video),
O‘zA