Buxoroda jurnalistlar uchun xavfsizlik bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida “Jurnalistlar uchun xavfsizlik treningi: raqamli, psixologik va huquqiy himoya” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.Unda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi vakillari, tahririyatlar muharrirlari, teleradio jurnalistlari hamda blogerlar ishtirok etdi.
[gallery-30696]
Seminar davomida ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy faoliyatida uchraydigan xavf-xatarlar, ularning oldini olish va bartaraf etish usullari, jurnalistlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlari, shuningdek, murakkab vaziyatlarda xavfsiz qaror qabul qilish masalalari hayotiy misollar va amaliy keyslar asosida muhokama qilindi.
Tadbir YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi kontent tayyorlash markazi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tashkil etildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA