Qarzdorlarga tegishli yuk avtomashinalari xatlandi
Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasi asosida qarzdor MCHJ hisobidan undiruvchi “Turonbank” ATB foydasiga jami 5 890 729 800 so‘m qarzdorlikni solidar tartibda undirish belgilangan.
Mazkur qaror Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.
Sud hujjatiga muvofiq, undiruv yuk avtomashinalarga qaratilgan. Ijro harakatlari davomida avtomashinalar Toshkent viloyatining Angren shahri hududida harakatlanayotgani aniqlandi.
Shundan so‘ng davlat ijrochilari tomonidan mazkur transport vositalari qarzdorlik hisobiga xatlanib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish ishlari amalga oshirildi.
Ayni vaqtda avtomashinalar kelgusida ijro harakatlarini ta’minlash, shu jumladan qonunchilikda belgilangan tartibda baholash va realizatsiya qilish jarayonlarini tashkil etish maqsadida Namangan viloyatiga olib kelindi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida qonunchilik talablari asosida tegishli ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.
Hamroz Bayonov,O‘z