Ziyolilar – milliy yuksaliş tayançi
Milliy özlikni asraş, yoş avlodning ongi va qalbida soğlom dunyoqaraşni şakllantiriş raqamli davrda ziyolilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Bugun davlatning qudrati nafaqat iqtisodiy salohiyati va zamonaviy texnologiyalari, balki jamiyatning maʼnaviy-intellektual darajasi, yoş avlodning dunyoqaraşi va milliy qadriyatlarga munosabati bilan ham belgilanmoqda. Ayrim Yevropa davlatlarida yoşlar iştirokida yuz berayotgan ijtimoiy beqarorlik holatlari ham bu borada jiddiy xulosalar çiqariş zarurligini körsatadi.
Axborot oqimi tobora jadallaşib, haqiqat va yolğon örtasidagi çegara xiralaşayotgan hozirgi şaroitda milliy özlikni asraş, yoşlarni turli yot ğoyalar taʼsiridan himoya qiliş har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼrifat ahlining örni beqiyos.

Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor davlatimiz rahbari taşabbusi bilan joriy yilning 10–14-noyabr kunlari mamlakatimizning barça hududida — Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari ötkazildi.
“Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida taşkil etilgan uşbu muloqotlardan közlangan asosiy maqsad ziyolilarni Vatan manfaatlari yölida birlaştiriş, ularning ilmiy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga safarbar etiş, yoş avlodda milliy özlikni anglaş, vatanparvarlik, mustaqil fikrlaş va mafkuraviy immunitetni mustahkamlaşdan iborat.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yolğon axborot, dezinformatsiya va turli manipulyativ materiallar keng tarqalmoqda. Jamiyatda işonçsizlik va qarama-qarşiliklarni keltirib çiqarişga qaratilgan bunday axborotlar, ayniqsa, tanqidiy fikrlaş könikmasi yetarli şakllanmagan insonlarga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şu bois axborot xurujlariga qarşi kuraşda işonçli bilim va ilmiy asoslangan yondaşuv muhim örin tutadi.
Xöş, raqamli makonda ziyolilar faoliyati qaysi yönalişlarga qaratilişi lozim? Avvalo, axborot xurujlariga nisbatan tezkor, xolis va ilmiy asoslangan munosabatni şakllantiriş zarur. Tarixiy voqealar buzib talqin qilinganda yoki mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida notöğri maʼlumotlar tarqatilganda, soha mutaxassislari aniq fakt va dalillarga tayangan holda jamoatçilikka tuşuntirişlar berişi kerak. Bu nafaqat yolğon axborotning taʼsirini kamaytiradi, balki jamiyatda soğlom axborot muhitini qaror toptirişga ham xizmat qiladi.
Ikkinçi muhim yönaliş milliy qadriyatlar va boy maʼnaviy merosimizni raqamli platformalar orqali keng tarğib etişdir. Bugun internet makonida milliy qadriyatlarga zid mazmundagi çiqişlar, şuningdek, yetarli bilim va malakaga ega bölmagan ayrim şaxslarning diniy masalalar yuzasidan notöğri talqinlari ham uçramoqda. Bunday şaroitda dinşunoslar, islomşunoslar, tarixçilar, adabiyotşunoslar, sanʼat va madaniyat namoyandalarining masʼuliyati yanada ortadi.
Ular milliy tariximiz, muqaddas dinimizning asl mohiyati, buyuk ajdodlarimiz merosi, urf-odat va anʼanalarimizni zamonaviy axborot vositalari orqali keng yoritişi lozim. Alişer Navoiy, Mirzo Uluğbek, Imom Buxoriy kabi buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosiga bağişlangan sifatli videolar, podkastlar, elektron taʼlim loyihalari yoşlarning maʼnaviy dunyoqaraşini boyitişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yana bir ustuvor vazifa yoşlarda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişdir. Zero, bugungi yoşlar nafaqat axborot isteʼmolçisi, balki uni yaratuvçi va tarqatuvçi hamdir. Biroq har qanday maʼlumotni haqiqat sifatida qabul qiliş, manbalar işonçliligini tekşirmaslik yoki manipulyativ materiallarga ergaşiş turli salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Şu bois pedagoglar, psixologlar va olimlar yoşlarga axborotni tahlil qiliş, uning manbasini tekşiriş, xolis maʼlumotni biryoqlama talqinlardan ajratişni örgatişi zarur. Maktab va oliy taʼlim muassasalarida mediasavodxonlikka bağişlangan oçiq muloqotlar, davra suhbatlari va amaliy maşğulotlarni köpaytiriş bu borada samarali natija beradi.
Bundan taşqari, buzğunçi ğoyalarga qarşi maʼrifiy va intellektual muqobil yaratiş ham muhim. Ziyolilar yoşlar orasida zöravonlik, murosasizlik, mutaassiblik va jamiyatda bölinişni keltirib çiqaruvçi qaraşlarga qarşi ilmiy, maʼrifiy hamda huquqiy jihatdan asoslangan materiallar tayyorlaşi lozim.
Dinşunoslar, huquqşunoslar va sotsiologlar hamkorligida bağrikenglik, qonun ustuvorligi, özaro hurmat va diniy-maʼrifiy savodxonlikni tarğib etuvçi kontent yaratiş bu borada muhim ahamiyatga ega. Toşkent viloyatidagi ziyolilar yiğilişida ham yot ğoyalarga qarşi kuraşda maʼrifatning örniga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Şu bilan birga, özbek tilining raqamli makondagi mavqeini mustahkamlaş va milliy intellektual mahsulotlar kölamini kengaytiriş zarur. Zero, milliy tilning zamonaviy axborot muhitida munosib örin egallaşi uning kelajagi va xalqaro miqyosdagi nufuzi uçun ham muhimdir.

Özbek tilida sifatli elektron darsliklar, ilmiy-maʼrifiy platformalar, raqamli kutubxonalar, audiokitoblar va sunʼiy intellekt tizimlari uçun milliy til resurslarini yaratiş bu yöldagi muhim qadamlardir. Bu jarayonda olimlar, tilşunoslar, dasturçilar, pedagoglar va ijodkorlarning hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ilm-fan va madaniyat namoyandalari zamonaviy texnologiyalarni puxta özlaştirişi, ijtimoiy tarmoqlarda faol bölişi, eng muhimi, yoş avlod uçun işonçli bilim va maʼrifat manbaiga aylanişi lozim. Çunki milliy qadriyatlarni asraş bugun ularni faqat anʼanaviy usullarda saqlaş emas, balki raqamli avlod tilida tuşuntiriş va zamonaviy axborot makonida munosib tarğib etişni ham taqozo etadi.
Şuhrat Nasimov,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi
Toşkent viloyati bölinmasi rahbari,
ÖzA