Vatan bayroği va çempionlik doim yonma-yon
Davlatimiz ramzlari, xususan, yurt bayroği haqida söz ketganda, birinçi bölib köz öngimizda bayroğimizni baland kötarib, ğalaba naşidasidan mağrurlanayotgan sportçi yigit-qizlar qiyofasi gavdalanadi. Bu bejiz emas.
Çunki yurtimiz va jahon sport maydonlarida mamlakatimiz sportçilarining qölga kiritgan ğalabalari Davlat bayroğini dast kötargan holda, “Men Özbekiston farzandiman” degan ğurur, faxr va iftixor ila tantana qilinadi. Vatan bayroğini köp bora közga tötiyo qiladigan, uni ardoqlab öpadigan, köksiga şaraf bilan tutadigan, bayroq orqali yurtimizni eng köp köz-köz qiladigan, tanitadigan vakillar ham bu — sportçilarimiz.
Ana şunday sportçi qizlarimizdan biri — kuraş böyiça tört karra Osiyo va uç karra jahon çempioni Hilola Ortiqboyeva ham har gal ğalaba tuyğusini Vatan bayroği bilan birgalikda tuyadi. Yurt tuğini yuksaklarga kötarib, Özbekiston nomini u bilan birgalikda şaraflaydi. Vatan bayroğining uluğvorligini, muqaddasligini, yurt farzandlariga hamişa faxru iftixor bölişini aynan kuraş maydonlaridagi ğalabalarida yana bir bor iç-içidan, butun vujudidan ötkazgan holda his qiladi.
Hilolaning milliy kuraşimizdagi har bir ğalabasi nafaqat uning yutuği, balki butun mamlakatning ğalabasi, ayol-qiz sportçilarning faxri, milliy sport turimizning şonli marrasidir. Bunday tarixiy onlarni, albatta, yurt bayroği bilan yonma-yon qarşi oliş, davlat ramzi bilan birgalikda his qiliş har bir sportçining orzusi, eng katta maqsadi hisoblanadi.

—Har gal ğalabaga erişganimda, ortda turgan mehnatlarim, harakatlarim, qiyinçiliklarim va albatta, biz sportçilarga köz tikib turgan Prezidentim va xalqim köz oldimga keladi, — deydi Hilola Ortiqboyeva. — Sportçi doim maydonga tuşişdan oldin qattiq mehnat qiladi, öz ustida işlaydi va albatta, çempion bölsam, deydi. Men ham doim şu yuksak maqsad bilan harakat qilaman. Yaqinda Qozoğistonda bölib ötgan jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdim. Bu ança kutilgan oltin edi. Uç karra jahon çempioni bölişni, Vatanimiz nomini baralla yangratişni kutib, niyat qilib yurgandim. Şu maqsadim amalga oşgan vaqtda juda ham faxrlanib ketdim. Özga yurtda davlatimiz madhiyasi yangraşi, bayroğimiz baland kötarilişi, albatta, har bir sportçini öz Vatanidan, xalqidan ğururlanişiga sabab böladi. Ana şunday ğalaba onlarida yurtimiz bayroği közimga ming çandon köproq savlatli va mağrur körinadi, — deydi Hilola.

Darhaqiqat, ona Vatan bayroği nafaqat sportçilarimiz, balki har birimizga doim ğurur va iftixor bağişlaydi. Uning köklar bilan böylaşib hilpirab turişi bardavom bölsin, deymiz. Davlatimiz bayroği bugungi va kelajak avlodlar qalbida, ongu şuurida mudom vatanparvarlik, yurtdan faxrlaniş hissini uyğotaversin.
Muhtarama Komilova,
ÖzA