Manzilli yordam körsatiş borasida tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning jamiyatda munosib örin egallaşi uçun zarur şart-şaroit yaratiş, tazyiq va zöravonlikning har qanday körinişiga barham beriş Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. Davlat rahbari taşabbusi bilan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, murakkab hayotiy vaziyatga tuşib qolgan ayollarga manzilli yordam körsatiş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Bu jarayonda nafaqat zöravonlikning oldini oliş, balki undan jabr körgan ayollarni hayotga qayta moslaştiriş, ularning huquq va qadr-qimmatini tiklaş ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça (ombudsman) mintaqaviy vakili Abira Huseynova “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazida bölib, bu yerda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan uçraşdi.

Sayyor qabul davomida markazda vaqtinça yaşab kelayotgan zöravonlikdan jabrlangan tört nafar ayolning murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud ehtiyojlar örganildi. Har bir murojaatga alohida yondaşilib, ayollarning huquqiy, ijtimoiy va psixologik himoyasini taʼminlaş, ularning hayotda öz örnini topişiga kömaklaşiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida jabrlanuvçi ayollarni qöllab-quvvatlaş borasida ularning oilalari, mahallalari hamda tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar belgilab olindi.

Zero, zöravonlikdan jabrlangan ayolni himoya qiliş faqat uni xavfli muhitdan olib çiqiş bilangina çeklanmaydi. Uning ruhiy holatini tiklaş, huquqlarini taʼminlaş, ijtimoiy hayotga qaytariş va kelgusida mustaqil hayot keçirişi uçun şaroit yaratiş ham muhim vazifadir. Bu esa davlat idoralari, mahalla va jamoatçilikning özaro hamjihatligi hamda manzilli hamkorligini talab etadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri