Halollik va qonuniylik har bir xodimning boş mezoni
Korrupsiyaga qarşi kuraşişda jinoyat sodir etilganidan keyin uning oqibatlariga huquqiy baho beriş qançalik muhim bölsa, bunday illatlarning barvaqt oldini oliş ham şunçalik dolzarbdir. Zero, korrupsiyaga qarşi samarali kuraşiş faqat jazo çoralarini qöllaş bilan emas, balki jamiyatda halollik muhitini şakllantiriş, davlat xizmatçilarining huquqiy ongi va masʼuliyatini yuksaltiriş bilan ham bevosita boğliq.
Davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini oliş, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, har bir rahbar va xodimning şaxsiy masʼuliyatini oşirişga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, fuqarolarning yer va köçmas mulkka bölgan huquqlarini taʼminlaş bilan boğliq sohalarda qonuniylik va xolislikni mustahkamlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati hududiy boşqarmalarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini oliş, xodimlarda qonunga hurmat va halollik tamoyillarini mustahkamlaşga qaratilgan profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda.
Xususan, navbatdagi tadbir doirasida boşqarmalar xodimlari Kogon tumanidagi 1-son jazoni ijro etiş koloniyasiga taşrif buyurib, muassasadagi şaroitlar, saqlaş kameralari va mavjud infratuzilma bilan tanişdilar. Şuningdek, yer munosabatlari bilan boğliq korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.

Muloqot davomida mahkumlar öz hayotiy tajribalari, sodir etgan jinoyatlari va buning oqibatlari haqida sözlab berdilar. Ularning hayot yöli misolida korrupsiyaviy qilmişning asl bahosi faqat sud hukmi yoki ozodlikdan mahrum etiliş bilan belgilanmasligi yana bir bor namoyon böldi. Bunday jinoyat insonning oilasi, yaqinlari, jamiyatdagi obrö-eʼtibori va kelajakdagi hayotiga ham oğir taʼsir körsatadi.
Ayniqsa, yer munosabatlari sohasida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar nafaqat alohida fuqarolarning huquqlariga, balki jamiyatda adolat va davlat idoralariga bölgan işonçga ham salbiy taʼsir körsatadi. Çunki yer va köçmas mulk bilan boğliq har bir qaror ortida insonlarning mulkiy huquqi, mehnati va qonuniy manfaatlari mujassam.
Şu bois davlat xizmatçisining xizmat vakolatidan şaxsiy manfaat yölida foydalanişiga yöl qöyib bölmaydi. Har bir xodim öz faoliyatida qonun ustuvorligi, xolislik, şaffoflik va halollikni boş mezon qilib olişi şart. Bu nafaqat kasbiy burç, balki xalq işonçini oqlaşning ham asosiy şartidir.

Taʼkidlaş joizki, jazoni ijro etiş muassasalariga uyuştirilayotgan bunday profilaktik taşriflar xodimlar uçun korrupsiyaning ayançli oqibatlarini hayotiy misollar orqali anglaş, öz faoliyatiga tanqidiy nazar taşlaş va kasbiy masʼuliyatini yanada çuqur his etiş imkonini beradi.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati hududiy boşqarmalari tomonidan bu kabi profilaktik tadbirlarni izçil davom ettiriş, xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Zero, korrupsiyadan xoli jamiyat quriş, avvalo, har bir insonning halolligi, har bir davlat xizmatçisining qonunga sadoqati va öz vazifasiga vijdonan yondaşuvidan boşlanadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri