Zidan «Yuventus»ni boşqariş haqida gapirdi
Fransuz 1996–2001-yillarda «Yuventus» safida töp surgan.
Fransiya milliy terma jamoasi baş murabbiyi Zinedin Zidan kelajakda Turinning «Yuventus» klubini boşqarişi mumkinligini aytdi.
“Turinga kelganimda öyinim unçalik yaxşi emasdi. Matbuot va muxlislar meni klub darajasiga mos emas deb hisoblaşardi. Marçello Lippi esa menga işondi va doim oldinga intilişni örgatdi. Kelajakda «Yuventus»ni boşqariş? Nega endi yo‘q?” — dedi Zidan.
Zidan 1996–2001-yillarda «Yuventus» safida töp surgan. Murabbiy sifatida esa Madridning «Real» klubi bilan uç marta Çempionlar ligasida ğolib bölgan va ikki bor Ispaniya çempionligini qölga kiritgan.
54 yoşli mutaxassis yozda Fransiya terma jamoasini qabul qilib oldi. Uning şartnomasi 2030-yil yozigaça amal qiladi.