Zidan va Mbappe örtasidagi munosabatlar keskinlaşgani xabar qilindi
L’Équipe naşrining ma’lum qilişiça, kelişmovçilikka murabbiyning taktik qarorlari sabab bölgan.
Fransiya milliy terma jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan va jamoa sardori Kilian Mbappe örtasidagi munosabatlar kutilganidek yaxşi emasligi haqida xabarlar tarqaldi.
L’Équipe naşrining ma’lum qilişiça, kelişmovçilikka murabbiyning taktik qarorlari sabab bölgan. Xususan, Mbappe Turkiyaga qarşi 1:0 hisobida yakunlangan uçraşuvda çap qanotda öynatilganidan norozi bölgan.
Öşa bahsda markaziy hujumçi vazifasi Usmon Dembelega topşirilgan. Mbappe esa özi afzal köradigan markaziy pozitsiyadan qanotga ötkazilgan.
Şuningdek, sentyabr oyidagi terma jamoa yiğinida Zidan va Mbappe örtasidagi muloqot juda çeklangan bölgani aytilmoqda.
Turkiyaga qarşi uçraşuvda ğalaba golini urgan Mbappe tizzasidan jarohat olib, keyinçalik terma jamoa qarorgohini muddatidan avval tark etgan.