«Mançester Yunayted» Poçettino bilan oğzaki kelişuvga erişdi
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi.
«Mançester Yunayted» argentinalik mutaxassis Maurisio Poçettino bilan uni boş murabbiy etib tayinlaşning asosiy şartlari böyiça oğzaki kelişuvga erişdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi.
Manbaga köra, Angliya klubi ayni paytda AQŞ futbol federatsiyasi bilan muzokara olib bormoqda. «Mançester Yunayted» Poçettinoning amaldagi şartnomasini 10 million dollar evaziga muddatidan oldin bekor qiliş imkoniyatidan foydalanmoqçi.
Avvalroq OAV klub rahbariyatining 11-noyabr kuni Monakoda ötkazilişi rejalashtirilgan yiğilişida amaldagi boş murabbiy Maykl Kerrikning jamoadagi kelajagi muhokama qilinişini xabar qilgan edi.