Gvardiola AQŞ terma jamoasini boşqarişi mumkin
Ispaniyalik mutaxassis avvalroq dam oliş maqsadida Italiya terma jamoasini boşqariş taklifini rad etgan edi.
«Mançester Siti»ning sobiq boş murabbiyi Xosep Gvardiola AQŞ terma jamoasi boş murabbiyligiga nomzod sifatida körib çiqilmoqda. The Athletic xabariga köra, bu variant Maurisio Poçettino «Mançester Yunayted»da Maykl Kerrik örnini egallagan taqdirda kun tartibiga çiqadi.
Naşr ma’lumotiga köra, AQŞ futbol federatsiyasi Gvardiola nomzodini faol muhokama qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis avvalroq dam oliş maqsadida Italiya terma jamoasini boşqariş taklifini rad etgan edi.
Gvardiola «Mançester Siti» bilan olti marta Angliya premyer-ligasida ğolib bölgan. Şuningdek, u klub bilan UEFA Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar örtasidagi jahon çempionatida zafar quçgan. Mutaxassis «Barselona» va «Bavariya» bilan ham qator sovrinlarni qölga kiritgan.