Yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tajribali sudyalar bilan uchrashib, sud tizimidagi so‘nggi yangiliklar hamda iqtisodiy sudlar faoliyatidagi amaliyot bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi hamda sud majlislarida ishtirok etib, sud jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur amaliy mashg‘ulot yuridik xizmat xodimlarining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va sud-huquq amaliyoti bilan yaqindan tanishishiga xizmat qildi.

G.Boboyeva, O‘zA