Abituriyentlar ijodiy imtihondan o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
9-iyuldan 14-iyulga qadar davom etadigan imtihonlarda jami 986 nafar abituriyent o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
[gallery-30341]
Imtihonlar 17 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan manzillar –universitetning universal sport majmuasi hamda kurash zalida, Axborot-resurs markazida tashkil etilmoqda.
Universitet ma’muriyati imtihon jarayonlarining adolatli, ochiq va korrupsiyadan xoli o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratgan. Ota-onalar va keng jamoatchilik uchun imtihon jarayonlarini masofadan turib, real vaqt rejimida (onlayn) kuzatish imkoniyati taqdim etilgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA