Shahrixon — Yangi O‘zbekiston bunyodkorligining yorqin timsoli
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Shahrixon tumanida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini tubdan yangilamoqda. Keng va ravon ko‘chalar, obod mahallalar, zamonaviy ta’lim muassasalari, tibbiyot maskanlari va hunarmandchilik an’analari bugungi Shahrixonning taraqqiyot sur’atini yaqqol namoyon etayotir.
Tumanda inson qadrini ulug‘lash, aholi turmush farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Barpo etilayotgan har bir yangi ob’ekt, obodonlashtirilayotgan har bir manzil aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilayapti.
[gallery-30327]
Shahrixonlik hunarmandlar milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tibbiyot xodimlari aholi salomatligini muhofaza qilish, pedagoglar esa yosh avlodni bilim va tarbiya bilan kamolga yetkazish yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. Ana shu mehnatsevar va fidoyi insonlar tuman taraqqiyotining muhim tayanchiga aylangan.
Bugungi Shahrixon nafaqat obod qiyofasi, balki yaratuvchanlik muhiti, mehnatkash aholisi va ezgu maqsadlari bilan ham Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ajralmas bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tumandagi har bir yangi inshoot, ko‘kalamzorlashtirilgan ko‘chalar, faoliyat boshlayotgan ta’lim va tibbiyot muassasalari mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.
Shahrixon bugun bunyodkorlik ruhi, mehnatsevar insonlari va ertangi kunga ishonchi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida dadil odimlamoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA