Yoshlar bandligini ta’minlayotgan korxona
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “Master Class Design” mas’uliyati cheklangan jamiyatida erkaklar uchun sifatli va zamonaviy dizayndagi oyoq kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.
Korxonada yoshlar bandligini ta’minlash borasida ham namunaviy ishlar amalga oshirilayapti. Ayni paytda bu yerda 80 nafardan ziyod yosh doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.
[gallery-30362]
Shuningdek, “Ustoz — shogird” an’anasi asosida 40 nafardan ziyod maktab o‘quvchisi yozgi ta’til davrida korxonada amaliy ko‘nikma va kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda.
Korxonada yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini tinglashga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA