Yuridik ta’limda xalqaro hamkorlik
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Yaponiya Adliya vazirligining Tadqiqot va o‘qitish instituti hamda Yangi turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Yaponiya prokuraturasi bo‘linmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, huquq sohasi vakillarining kasbiy tajribasini oshirish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida boyitish masalalari muhokama qilindi.


Uchrashuv davomida zamonaviy yondashuvlar, yangi turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlari hamda huquqiy ta’lim sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, uchrashuv yakunida mehmonlar institutda yaratilgan zamonaviy va qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
G.Boboyeva,
O‘zA