Harbiylarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi (+video)
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida Termiz, Kakaydi hamda Xayrabod garnizonidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.
Prezidentimizning 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idora xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan.
[gallery-29558]
Marosimda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i Mirsaid Shukurov so‘z yuritib, belgilangan kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan harbiylarning farzandlariga omad tiladi.
Tadbirda 52 nafar yigit-qizga besh foizli kvota asosida o‘qishga kirish to‘g‘risidagi tavsiyanoma topshirildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JFTBbe0aC0E" title="Harbiylarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA