Yoşlar uçun tadbirkorlik va bandlik imkoniyatlari kengaytirilmoqda
“Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi yoşlarning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş, iş bilan taʼminlaş va ularning biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratildi.
Bugungi kunda yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yönaltiriş, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etiş va mustaqil daromad manbaini şakllantirişi uçun zarur şaroit yaratiş davlat siyosatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, yoşlarga faqat iş örni taklif qiliş emas, balki ularning öz salohiyatini namoyon etişi, yangi ğoya va loyihalarini amalga oşirişi uçun imkoniyat yaratiş ham muhim ahamiyatga ega.
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning tadbirkorlik ğoyalarini röyobga çiqariş, kasbiy tayyorgarligini oşiriş va moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buxoroda taşkil etilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi ham ana şu maqsadlarning amaliy ifodasi böldi.
Tadbir yoşlar uçun iş beruvçilar bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, mehnat bozoridagi talab va takliflarni örganiş, öz biznesini boşlaş hamda istiqbolli loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlari bilan tanişiş maydoniga aylandi.
Yarmarkaning oçiliş marosimida “Özmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoşimov, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari Sadoqat Siddiqova, Bahodir Maʼmurov va Şuhrat Teşayevlar iştirok etişib, yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantiriş masalalariga eʼtibor qaratdilar.
Yarmarka davomida yoşlar iş beruvçi korxona va taşkilotlar vakillari, tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda bölişib, mavjud böş iş örinlari, amaliyot dasturlari va kasbiy rivojlaniş yönalişlari haqida maʼlumot oldilar. Ayniqsa, öz biznesini yölga qöyiş istagida bölgan yoşlar uçun tadbirkorlik loyihalarini işlab çiqiş, ularni amalga oşiriş va moliyalaştiriş mexanizmlari yuzasidan berilgan tuşuntirişlar muhim ahamiyat kasb etdi.
[gallery-32487]
Şuningdek, Buxoro davlat texnika universitetida “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi doirasida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” taşkil etildi. Unda “Özmilliybank” AJ ning “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoşimov, viloyatdagi oliy taʼlim taşkilotlari masʼullari va talabalar iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi.
Uçraşuvda yoşlarning kasbiy rivojlanişi, oliy taʼlimdan keyingi bandligini taʼminlaş, ularning biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş va moliyalaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tadbirkorlik faoliyatini boşlaşda eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlar yuzasidan zarur tavsiyalarga ega bölişdi.
Bunday uçraşuvlarning ahamiyati şundaki, yoşlar nazariy bilim bilan çeklanib qolmay, amaliy faoliyat, işbilarmonlik muhiti va moliyaviy imkoniyatlar haqida bevosita mutaxassislardan maʼlumot olişadi. Bu esa ularda mustaqil qaror qabul qiliş, biznes ğoyasini aniq loyihaga aylantiriş, bozor talablarini örganiş va masʼuliyat bilan iş yuritiş könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bandlik va tadbirkorlik masalalariga bir-birini töldiruvçi yönalişlar sifatida yondaşilmoqda. Bir tomondan, yoşlarga munosib iş örinlarini topişda kömaklaşilsa, ikkinçi tomondan, ularning özi iş beruvçiga aylanişi uçun zarur bilim, moliyaviy kömak va amaliy maslahatlar taklif etilmoqda. Bu esa yangi iş örinlari yaratiş, aholi daromadlarini oşiriş va hudud iqtisodiyotida yoşlarning iştirokini kuçaytiriş uçun muhim omildir.
Mazkur yarmarka va oçiq muloqotlar taʼlim muassasalari, moliya taşkilotlari, iş beruvçilar hamda tadbirkorlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi. Zero, yoşlarning bilimi va taşabbusi real iqtisodiy natijaga aylanişi uçun taʼlim, amaliyot va moliyaviy imkoniyatlar örtasida uzviy boğliqlik bölişi zarur.
Şu maʼnoda, “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi şunçaki böş iş örinlari taqdim etilgan tadbir emas, balki yoşlarning kelajakdagi kasbiy va işbilarmonlik yölini belgilaşga kömaklaşuvçi amaliy muloqot maydoni sifatida ahamiyatlidir. Çunki bugun öz iqtidori va ğoyasiga işongan, mehnat bozorida öz örnini topgan, tadbirkorlikka dadil qadam qöygan yoşlar ertangi taraqqiyotning mustahkam tayançi böladi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (suratlar), ÖzA muxbirlari