Ulkan bunyodkorlik işlari inson irodasining mahsulidir
Davlatimiz rahbari rahnamoligida keyingi yillarda amalga oşirilgan jadal islohotlar Yangi Özbekistonda qurilişlar kölamini oşirib yubordi va quriliş sohasi milliy iqtisodiyotning muhim tarmoğiga aylandi. Bu har jihatdan mohir quruvçi va muhandislar, usta va meʼmorlar, loyihaçi va mutaxassislar mehnati va mahoratiga boğliq.
Bunday ulkan bunyodkorliklar nafaqat muhandislik yeçimi, balki inson irodasining mahsulidir. Sönggi ön yilda amalga oşirilgan işlar natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati yuqori texnologik sanoat klasteri mavqeini yanada mustahkamladi. Yirik investitsion loyihalar, katta qurilişlar va sanoatda olib borilayotgan texnologik özgarişlar kombinatning har tomonlama rivojiga hissa qöşmoqda. Bunda, köp ming kişilik jamoa bilan bir safda mohir quruvçilarning ham munosib hissasi bor. Bu haqda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boş direktorining investitsiyalar va kapital quriliş böyiça örinbosari Mirzaboy Alqarov muxbirimiz bilan bölgan suhbatda quyidagilarni gapirib berdi.

– Quriliş sohasi masʼuliyatli, maşaqqatli va şarafli kasblardan biridir. Bu sohada loyihani mukammal işlab çiqişdan uni amalga oşirişgaça bölgan murakkab jarayon yuqori sifat va samaradorlik, fidoyilik va mehnat, mahorat va tajriba talab etadi.
Bugun korxonamizda 3 ming nafardan ortiq işçi-xodim mehnat qiladi. Ular oddiy beton quyuvçi yoki ğişt teruvçilar emas, balki zamonaviy sanoat arxitekturasini yaratuvçi, eng murakkab texnologik çizmalarni hayotga tatbiq etuvçi yuqori malakali mutaxassislardir. Zarafşon quriliş boşqarmasi ana şunday professional jamoani jamlagan yirik quriliş taşkiloti hisoblanadi. Boşqarma ulkan işlari bilan nafaqat NKMK, balki Yangi Özbekiston sanoat qurilişining tajriba maktabiga aylandi.
Quriliş sohasi özining köp yillik tarixiga ega. Soha tarixi va taraqqiyotini uç bosqiçga böliş mumkin. Birinçisi, kombinat ilk taşkil topgan yildan to mustaqillikkaça bölgan davrdir. Ikkinçi bosqiç 1991-2016-yillarni öz içiga oladi. Uçinçi bosqiçga esa ulkan taraqqiyot davri bölgan sönggi ön yillik kiradi.

Darhaqiqat, kombinatda quriliş sohasiga yetmiş yil avval poydevor qöyilgan. Aytişlariça, ilk iş boşlagan quruvçilar çodirlarda yaşab, suvsiz va yölsiz sahroda iş boşlagan. Öşa dastlabki paytlarda hozirgidek imkoniyatlar bölmagan. Oqibatda, konçilik va metallurgiya sanoati, ijtimoiy soha obʼektlari qurilişlari uzoq muddat davom etgan. Buning sababi: jihoz va ehtiyot qismlar, mutaxassislar çetdan olib kelingan. Boşqaruvda deyarli mahalliy kadrlar bölmagan. Borlari ham oddiy kasblarda işlagan. Bu ortiqça sarsongarçiliklar, qurilişda uzilişlar, tannarxning sunʼiy oşişi va boşqa sabablarni keltirib çiqargan.
Şunday bölsa-da, kombinatga asos solingan dastlabki yillarda 1- va 2-gidrometallurgiya zavodlari, “Muruntov” koni va boşqa kon-şaxtalar, Amudaryodan Qizilqumgaça yirik suv inşooti, Navoiy, Zarafşon, Uçquduq, Nurobod şaharlari, Zafarobod qörğoni, bu maskanlarda köplab ijtimoiy soha obʼektlari qurilgan.
Bunyodkorlik işlari hajmi ortişi natijasida 1965-yilda Zarafşon quriliş boşqarmasi dastlab Markaziy kon boşqarmasi tarkibida quriliş uçastkasi sifatida taşkil etilib, 1967-yildan alohida quriliş-montaj boşqarmasi sifatida öz faoliyatini davom ettirgan. Uning tarkibida “Sanoatelektromontaj” tresti, “Navoiy” quriliş-montaj boşqarmasi taşkil etildi. Oxirgi ön beş yilda ular yirik va qudratli quriliş taşkilotlarga aylandi.

Mustaqillik bergan imkoniyatlar barça sohalarda bölgani kabi quriliş sohasida ham yangi davrni boşlab berdi. Kombinatda ham bir qator qurilişlar amalga oşirildi. Jumladan, 3-gidrometallurgiya zavodi qurilişi va 1995-yilda foydalanişga topşirilişi, 2010-yilda 4-gidrometallurgiya zavodi barpo etilişi eng yirik loyihalardan böldi. Ayniqsa, kombinat mutaxassislari tomonidan 4-gidrometallurgiya zavodining çetdan heç qanday kömaksiz ön oyda qurib, işga tuşirilişi tarixiy qadam böldi va özimizga bölgan işonçni oşirdi. Bu biz uçun birinçi tajriba-sinov edi.
2016-yildan hozirgaça bölgan bosqiçda esa quriliş surʼati keskin oşdi. Bu davrda sohaga “Tezkor quriliş” (Fast-track) usuli joriy etilişi sohada tub buriliş yasadi hamda odatda 4-5 yil davom etadigan zavod qurilişlarini 2-3 yil içida yakunlaş imkonini berdi. Ayniqsa, loyihalaş, uskunalarni yetkazib beriş va quriliş işlari bir vaqtning özida olib borilgani quruvçilardan yuqori professionallik, fidoyilikni talab etdi. Buning hisobiga sönggi ön yilda amalga oşirilgan yirik loyihalar ilgari korxona faoliyatida bölmagan ulkan natijalarni berdi. Yaʼni, oltin işlab çiqariş hajmi 2016-yilga nisbatan 35 foizga, kumuş işlab çiqariş ikki baravarga oşdi. Quruvçi va mutaxassislar mehnati va salohiyati bilan qisqa davrda 3 ta zamonaviy gidrometallurgiya zavodi, 2-gidrometallurgiya zavodining 2-navbati, temir yöl va bekatlar, köplab ijtimoiy soha obʼektlari barpo etilgani quriliş industriyasining ulkan texnik salohiyatga ega ekanligidan dalolatdir. Bu loyihalarni amalga oşiriş hisobiga yoşlarimiz uçun 2016-2025-yillarda 18,8 mingta yangi iş örinlari yaratildi.

Taʼkidlaş kerakki, gidrometallurgiya zavodlarini quriş oddiy bino qurişdan tubdan farq qiladi. Bunday zavodlar oğirligi yuzlab tonna keladigan tegirmonlar va reaktorlarga möljallangan, maxsus tebranişga çidamli mustahkam beton poydevorlar asosiga quriladi va minglab tonna metall konstruksiyalarni yuqori aniqlikda yiğiş talab etiladi. Kommunikatsiyalar ham öta murakkab. Jumladan, kimyoviy reagentlar, kislotalar va maʼdanli pulpa harakatlanişi uçun kilometrlab maxsus quvurlar yotqiziş kerak böladi.
Şuningdek, Zarafşon şahrida “Umid” bolalar reabilitatsiya markazi, 504 örinli ixtisoslaştirilgan maktab-internati, Favvoralar sayilgohi, “Tödaköl” dam oliş bazasida Xalqaro şaxmat maktabi, Zomin tumanida “NKMK” sanatoriysi, Uçquduq tumanida “Oltinköl” dam oliş majmuasi va boşqa ijtimoiy obʼektlar bunyodkorlarimiz mehnati natijasidir. Bu obʼektlarning barçasi kuçli zilzilalarga bardoşli bölib, xavfsizlik standartlariga töla javob beradi.
Amalga oşirilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari, texnologik yeçimlari öta murakkab, har biri hajm jihatidan nihoyatda yirik edi. Lekin mahalliy kadrlar, mohir quruvçilarimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati, boy tajribasi bilan barça loyihani tez surʼatlarda, har birini muddatidan oldin foydalanişga topşirdik.

Jamoamizning yana bir katta yutuği, bu 20 turdan ortiq quriliş materiallarini korxonaning özida işlab çiqarişni yölga qöyilganligidir. Uşbu saʼy-harakatlar importni kamaytiriş, qurilişlarga materiallarni öz vaqtida yetkazib beriş, tannarxni kamaytiriş imkonini bermoqda. Birgina, 2025-yilda özimizning beton zavodlari, ğişt işlab çiqariş sexlari va metall konstruksiyalarni yiğiş maydonçalarida jami 618,3 milliard sömlik quriliş materiallari işlab çiqarildi.
Bugungi kunda korxona oldida yanada ulkan marralar turibdi. Jumladan, “Muruntov” konini özlaştirişning V bosqiç (2-navbati) va boşqa muhim investitsion loyihalar amalga oşirilmoqda. Buning uçun kuç va imkoniyatlar yetarli. Eng muhimi, har qanday vazifani uddalaşga qodir tajribali va professional jamoa bor.
Suhbatni ÖzA muxbiri Abduvali Böriyev yozib oldi.