Özbekiston – Ömon: 500 million dollarlik savdo maqsadiga erişiş imkoniyati qanday?
Özbekiston va Ömon iqtisodiy munosabati keyingi yillarda yangiça mazmun kasb etmoqda. Hozirça özaro tovar ayirboşlaş miqdori kamtarona bölsa-da, savdo körsatkiçi ösişi, sarmoyaviy loyihalar va transport-logistika sohasidagi taşabbuslar hamkorlik uçun yangi imkoniyat oçmoqda. Ayniqsa, savdo aylanmasini 500 million dollarga yetkaziş maqsadi belgilanişi iqtisodiy şeriklikni amaliy natija bilan boyitiş zaruratini yuzaga keltirgan.
15-noyabr kuni Masqatda bölib ötgan Hukumatlar aro qöşma komissiya oltinçi yiğilişida savdo tösiğini kamaytiriş, imtiyozli bitim böyiça muzokara boşlaş va istiqbolli loyihalar ilgari suriş masalasi muhokama qilindi. Şuningdek, jami 5 milliard dollarlik 35 ga yaqin qöşma loyiha amalga oşiriş rejalaştirildi.
Xöş, mavjud iqtisodiy salohiyatdan qay darajada samarali foydalaniş mumkin? Ömon investitsiyasi Özbekiston sanoati uçun qanday imkoniyat yaratadi? ÖzA muxbiri Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi “Şarqşunos tahlilçilar” intellektual klubi aʼzosi Şohjahon Ortiqov bilan ayni mavzuda suhbatlaşdi.
– Özbekiston va Ömon örtasida tovar ayirboşlaş miqdorini 500 million dollarga yetkaziş maqsadiga erişiş imkoniyati qanday?
– Avvalo, özaro savdo körsatkiçini mavjud iqtisodiy salohiyat bilan birga baholaş kerak. 2025-yil mahsulot va xizmat aylanmasi qiymati 2,3 million dollar edi, joriy yil yanvar - sentabr oylarida bu körsatkiç 3,3 million dollarga yetdi. Nisbat ijobiy bölsa-da, belgilangan marraga çiqiş uçun hozirgi surʼatning özi yetarli emas. Mahsulot turini köpaytiriş, yangi bozor segmentini özlaştiriş va tadbirkorlar örtasida bevosita aloqani kuçaytiriş zarur. Mamlakatimizning sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş imkoniyati Ömonda muayyan qiziqiş uyğotadi. Töqimaçilik, oziq-ovqat, meva-sabzavot, farmatsevtika va kimyo sanoati bu borada istiqbolli yönalişlar hisoblanadi. Ömonning investitsiyaviy imkoniyati, logistika infratuzilmasi va xalqaro bozor bilan aloqa işlab çiqaruvçilarimiz uçun yangi imkoniyat yaratadi. Şu maʼnoda Hukumatlar aro qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişi muhim ahamiyatga ega. Savdo tösiğini kamaytiriş va imtiyozli savdo bitimi böyiça muzokara boşlaş taşabbusi iqtisodiy munosabatni rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin. Menimça 500 million dollarlik maqsadga erişiş uçun faqat tovar ayirboşlaşni köpaytiriş emas, balki qöşma işlab çiqarişni yölga qöyiş ham lozim. Bunday hamkorlik ikki mamlakat bozorida mavqeni mustahkamlaş bilan birga uçinçi davlatlarga mahsulot yetkazib beriş salohiyatini ham oşiradi.
– Ikki mamlakat örtasida yangi qöşma loyihalar amalga oşiriş jarayonida Ömon sarmoyasini respublikamiz iqtisodiyotining qaysi tarmoqlariga yönaltiriş yaxşi samara beradi?
– Bu taşabbuslar hamkorlik faqat savdo bilan çeklanmasligini körsatadi. Şeriklik işlab çiqariş quvvatini oşiriş, yangi texnologiya jalb qiliş va qöşimça qiymat yaratadigan mahsulot işlab çiqarişga zamin hozirlaydi. Ayniqsa energetika, geologiya, farmatsevtika, oziq-ovqat, töqimaçilik va kimyo sanoati kabi yönalişlar istiqbolli hisoblanadi. Masalan, töqimaçilik sohasida xom aşyo va işlab çiqariş imkoniyatimizni Ömon sarmoyasi va taşqi bozorga çiqiş salohiyati bilan uyğunlaştiriş mumkin. Farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida esa zamonaviy işlab çiqariş texnologiyasi, sifat standarti va mahsulotni xalqaro bozorga olib çiqiş yölida işlaş kerak. Ayni jarayonda 2010-yil taşkil etilgan Özbekiston – Ömon investitsiya kompaniyasi alohida örin tutadi. Mazkur tuzilma iştirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida jami 231 million dollarlik 11 loyiha moliyalaştirilgan. Demak, özaro investitsiyaviy şeriklik muayyan amaliy tajribaga ega. Yangi loyihalar amalga oşirişda iqtisodiy samaradorlik, mahalliy işlab çiqarişga qöşiladigan hissa va eksport imkoniyatini aniq baholaş zarur. Sarmoya faqat moliyaviy resurs emas, balki texnologiya, boşqaruv tajribasi va yangi bozorga çiqiş vositasi vazifasini ham bajaradi. Şu nuqtai nazardan rejalaştirilgan loyihalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş, natijadorlikni taʼminlaş va mahalliy korxonalar bilan uyğunlikni kuçaytiriş muhim.
– Ömonning Sohar, Duqm va Salala portlari, şuningdek Toşkent – Masqat havo qatnovi yölga qöyilişi iqtisodiy aloqa rivojiga qay darajada turtki beradi?
– Transport-logistika imkoniyati iqtisodiy hamkorlikning muhim tarkibiy qismidir. Özbekiston uçun dengizga çiqiş taşqi savdo yönalişlarini diversifikatsiya qiliş, yuk taşiş imkoniyatini kengaytiriş va yangi bozorlarni özlaştirişni taʼminlaydi. Ömonning uç yirik porti joylaşuvi va infratuzilmasi bilan Fors körfazi, Janubiy Osiyo va Şarqiy Afrika bozoriga çiqişga kömaklaşdi. Bu özbekistonlik eksportçilar uçun mahsulot yetkazib beriş geografiyasini kengaytiriş nuqtai nazaridan juda muhim. Maʼlumki, Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ömon transport yölagini rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur yönaliş temir yöl, avtomobil va dengiz transporti imkoniyatini birlaştirib, multimodal taşuvni yölga qöyişga zamin yaratadi. Albatta, raqobatbardoşlikka erişiş tranzit tarifi, çegaradan ötiş tartibi, taşiş muddati va logistika xarajatiga ham boğliq.
Toşkent va Masqat örtasida havo qatnovi yölga qöyilişi nafaqat işbilarmonlar safarini yengillaştiradi, balki turizm, xizmat va tadbirkorlar örtasidagi aloqani faollaştiradi. Umuman, transport va investitsiyaviy hamkorlikni bir-biridan ajratib bölmaydi. Samarali logistika işlab çiqaruvçilar uçun taşqi bozorga çiqiş xarajatini kamaytiradi, yangi investitsiya jalb etiş uçun qulay şaroit yaratadi. Xullas, Özbekiston va Ömon munosabatida transport infratuzilmasini rivojlantirişni iqtisodiy şeriklikning uzviy qismi sifatida köriş joiz.
Umuman, ikki mamlakat uçun bugungi asosiy vazifa mavjud imkoniyatni aniq loyihalar orqali özaro manfaatli iqtisodiy natijaga aylantirişdan iborat. Şundagina savdo hajmini oşiriş, sarmoyani köpaytiriş va uçinçi mamlakatlar bozoriga birga çiqiş böyiça belgilangan maqsad amaliy mazmun kasb etadi.
Musulmon Ziyo suhbatlaşdi. ÖzA