COP31: iqlim diplomatiyasidan – yirik «yaşil» investitsiyalar va mintaqaviy integratsiya sari
XXI asrning eng dolzarb global muammolaridan biri bölgan iqlim özgarişi bugungi kunda nafaqat ekologik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va geosiyosiy xavfsizlik masalasiga aylandi. Şu nuqtai nazardan, Turkiyaning Antaliya şahrida taşkil etilgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) xalqaro iqlim siyosatini yangi bosqiçga olib çiqdi.
Özbekistonning xalqaro iqlim diplomatiyasi va yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan JIDU Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Suriya Törayeva öz munosabatini bildirdi:
–Iqlim özgarişiga qarşi kuraş bugun nafaqat ekologik zarurat, balki davlatlarning iqtisodiy raqobatbardoşligi, energetika xavfsizligi va xalqaro hamkorlik salohiyatini belgilaydigan muhim omilga aylanmoqda. BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi doirasida ötkazilayotgan COP31 konferensiyasi Özbekiston uçun xalqaro iqlim diplomatiyasidagi iştirokini mustahkamlaş, yaşil investitsiyalarni jalb etiş va barqaror iqtisodiy taraqqiyotni jadallaştirişda yangi imkoniyatlar oçişi mumkin.
Global haroratning kötarilişi, suv resurslarining kamayişi, qurğoqçilik va ekstremal ob-havo hodisalarining köpayişi davlatlardan nafaqat milliy darajada çoralar körişni, balki özaro kelişilgan xalqaro siyosat yuritişni ham talab etmoqda.
Ayniqsa, Markaziy Osiyo uçun iqlim özgarişi oqibatlari jiddiy ahamiyat kasb etadi. Mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalaniş, çöllanişning oldini oliş, qişloq xöjaligini yangi iqlim şaroitlariga moslaştiriş va energetika tizimini modernizatsiya qiliş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Özbekiston uşbu jarayonlarda faol iştirok etib, iqlim masalalarini taşqi siyosat, iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy hamkorlik bilan uzviy boğlaşga intilmoqda. COP31 ana şu yondaşuvni xalqaro maydonda ilgari suriş uçun muhim diplomatik platforma bölişi mumkin.
Özbekiston Parij bitimi iştirokçisi sifatida iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça xalqaro majburiyatlarni amalga oşirişga qaratilgan siyosat yuritmoqda. Mamlakatda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, energiya samaradorligini oşiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va iqtisodiyot tarmoqlarida ekologik barqarorlikni taʼminlaş böyiça islohotlar olib borilmoqda.
Bu jarayonda iqlim diplomatiyasi alohida örin tutadi. U ilğor texnologiyalarni jalb etiş, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytiriş, milliy manfaatlarni himoya qiliş va mintaqaviy taşabbuslarni ilgari surişni ham öz içiga oladi.
Özbekistonning Orolböyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan taşabbuslari bu borada muhim misoldir. COP31 doirasida uşbu tajribani xalqaro hamjamiyatga taqdim etiş, Orolböyida amalga oşirilayotgan loyihalar uçun qöşimça moliyaviy va texnologik resurslarni jalb qiliş imkoniyatlari mavjud.
Bugungi kunda yaşil iqtisodiyotga ötiş Özbekistonning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yaşil iqtisodiyot resurslardan samarali foydalaniş, atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiriş va innovatsion texnologiyalarni joriy etiş orqali iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlaşga qaratilgan.
Özbekistonda quyoş va şamol energetikasini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar uşbu özgarişlarning amaliy ifodasidir. Mamlakatning quyoş energiyasi salohiyati va elektr energiyasiga ösib borayotgan talab qayta tiklanuvçi energetikaga investitsiya kiritiş uçun qulay şaroit yaratadi.
Şu bilan birga, yaşil iqtisodiyot faqat energetika sohasi bilan çeklanmaydi. Sanoat korxonalarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş, suvni tejaydigan suğoriş tizimlarini kengaytiriş, ekologik transportni rivojlantiriş va çiqindilarni qayta işlaş ham uşbu jarayonning ajralmas qismidir.
Yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş katta hajmdagi investitsiyalarni talab etadi. Şu sababli iqlim moliyasi COP31 kun tartibida Özbekiston uçun eng muhim masalalardan biri bölişi mumkin.
Xususan, yaşil obligatsiyalar, imtiyozli kreditlar, grantlar, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari va xalqaro iqlim jamğarmalari orqali moliyalaştiriş manbalarini kengaytiriş muhim ahamiyatga ega. Biroq investitsiyalarni jalb qilişning özi yetarli emas. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, ekologik natijalari, şaffofligi va xalqaro standartlarga muvofiqligi ham taʼminlanişi zarur.
COP31 doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy ekologik manfaatlarini xalqaro kun tartibiga olib çiqiş va mintaqaviy loyihalar uçun moliyaviy resurslarni jalb qiliş muhim natijalardan biri bölişi mumkin.
Iqlim siyosati samaradorligi faqat issiqxona gazlari çiqindilarini qisqartiriş bilan ölçanmaydi. Uning muhim mezonlaridan biri aholi hayoti va iqtisodiyotning iqlim xavflariga nisbatan bardoşliligini oşirişdir.
Özbekiston şaroitida bu, avvalo, suv tanqisligiga moslaşiş, qişloq xöjaligida hosildorlikni saqlaş, issiqlik tölqinlarining aholi salomatligiga taʼsirini kamaytiriş va tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni kuçaytirişni anglatadi.
Iqlimga moslaşiş böyiça samarali siyosat yuritiş uçun ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy monitoring tizimlari va malakali mutaxassislar tayyorlaş muhim.
Xalqaro iqlim konferensiyalarining ahamiyati ularda qabul qilingan bayonotlar bilangina emas, balki erişilgan kelişuvlarning amalda qanday bajarilişi bilan ham belgilanadi.
Şu sababli Özbekiston uçun COP31 doirasidagi iştirokni aniq iqtisodiy va institutsional natijalarga yönaltiriş muhim. Bunda investitsiyaga tayyor yaşil loyihalar portfelini şakllantiriş, xalqaro moliyalaştiriş mexanizmlaridan foydalaniş salohiyatini oşiriş va davlat hamda xususiy sektor örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş ustuvor vazifalar bölib qoladi.
Xulosa qilib aytganda, COP31 Özbekiston uçun xalqaro iqlim diplomatiyasidagi iştirokini yangi bosqiçga olib çiqiş va yaşil iqtisodiyotga ötiş jarayonini jadallaştiriş imkoniyatidir. Endilikda asosiy vazifa global iqlim taşabbuslarini milliy iqtisodiyotning aniq ehtiyojlari bilan uyğunlaştiriş, xalqaro kelişuvlarni amaliy loyihalarga aylantiriş va ekologik barqarorlikni aholi farovonligi bilan boğlaşdan iborat.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA