Yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça hamkorlik
Bugungi kunda mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş, mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş bilan bir qatorda, yoş avlodning ijtimoiy faolligini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, texnikumlarda tahsil olayotgan yigit-qizlarning nafaqat kasbiy bilim va könikmalarini mustahkamlaş, balki ularning ijodiy, intellektual hamda tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Uşbu ezgu maqsadlarni amalga oşiriş, yoşlar bilan işlaşning yangi va samarali mexanizmlarini joriy etiş yölida muhim qadam taşlandi. Xususan, Kasbiy taʼlim agentligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi örtasida texnikum öquvçilarining ijtimoiy faolligini oşiriş va ularning taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda qayd etilganidek, mazkur hujjat ikki taşkilot örtasidagi kuç va imkoniyatlarni birlaştirib, professional taʼlim muassasalari öquvçilari uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçişga xizmat qiladi.

Bugungi kunda respublikadagi 643 ta texnikumda 529 ming 150 nafar öquvçi 375 ta yönaliş böyiça kasb-hunar egallamoqda. Memorandum doirasida texnikumlarda Ittifoqning boşlanğiç taşkilotlari va Yoşlar kengaşlari faoliyati yölga qöyiladi. Kengaşlar orqali öquvçilar tengdoşlarining manfaatlarini ifoda etişi, takliflarini ilgari surişi va ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantirişi mumkin böladi.
Hamkorlik doirasida iş beruvçilar bilan uçraşuvlar, mentorlik, amaliyot va stajirovkalar hamda xorijiy tillar, raqamli savodxonlik va tadbirkorlik böyiça loyihalar közda tutilgan.

Tadbirda Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Xayrulla Sattorov öquvçilar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Unda zamonaviy kasblar, bandlik va xalqaro imkoniyatlar böyiça yoşlarning savol va takliflari muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA