Yangi sport inşootlari oçildi
Farğona viloyatida sport inşootlari qurilişiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ayniqsa, markazdan uzoq bölgan, çet tumanlarda qurilgan zamonaviy stadion, sport zallari birin-ketin foydalanişga topşirilyapti. Masalan, Söx tumani Guliston mahallasidagi 9-sonli umumiy örta taʼlim maktabida yangi zamonaviy mini-stadion foydalanişga topşirildi.
Mazkur sport inşooti “Taşabbusli byudjet”da ğolib bölgan va ajratilgan 1,5 milliard sömlik loyiha doirasida barpo etildi.

Tadbir davomida bir guruh öquvçi va öqituvçilarga esdalik sovğalari topşirilib, yangi maydonda futbol musobaqasi bölib ötdi.
Danğara tumani “Kapasaroy" mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan 10-sonli umumtaʼlim maktabida “Taşabbusli byudjet” loyihasi doirasida barpo etilgan zamonaviy “Workout” sport maydonçasi ham qurib bitkazildi.

Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi va tuman rahbarlari mamlakatimizda yoş avlodning jismonan soğlom va barkamol bölib voyaga yetişi, sport bilan muntazam şuğullanişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratdilar.

Quvonçli voqea tantanasida Danğara tumanidan bölgan Prezident Olimpiadasi ğoliblari va ularning murabbiylari alohida eʼtirof etilib, esdalik sovğalari topşirildi.
Muhammadjon Obidov, ÖzA