Taşkilotning öziga xos örni bor
Vatanni seviş — uning taqdiriga daxldorlikni his etiş, tinçligi va taraqqiyoti uçun masʼuliyatni zimmaga oliş demakdir. Bu tuyğu yoş avlod qalbida öz-özidan şakllanmaydi. U taʼlim-tarbiya, hayotiy saboq, kasbiy mahorat va ibrat orqali kamol topadi. Şu maʼnoda, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlaş, yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va ularga zarur amaliy könikmalar berişda “Vatanparvar” taşkilotining öziga xos örni bor.
Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan uning Buxoro viloyati kengaşida tantanali tadbir bölib ötdi. Unda tizim rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan xodimlar, mehnat faxriylari hamda hamkor taşkilotlar vakillari eʼtirof etildi. Ularga yubiley munosabati bilan taʼsis etilgan esdalik medallari topşirildi.
1991-yil 23-noyabrda taşkil etilgan mazkur taşkilot ötgan davr mobaynida yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni Qurolli Kuçlar safida xizmat qilişga tayyorlaş, texnik va amaliy sport turlarini ommalaştiriş, şuningdek, xalq xöjaligi uçun malakali texnik mutaxassislar va haydovçilar tayyorlaş yönalişlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, jismonan soğlom va maʼnan barkamol etib tarbiyalaş masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz ilgari surayotgan yoşlar siyosatida ham har bir yigit-qizning salohiyatini röyobga çiqariş, ularda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaş, zamonaviy bilim va kasbiy könikmalarni egallaşi uçun şaroit yaratiş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

“Vatanparvar” taşkiloti faoliyati ana şu ezgu maqsadlar bilan hamohangdir. Zero, vatanparvarlik faqat balandparvoz sözlar bilan emas, balki intizom, masʼuliyat, bilim, kasbiy mahorat va yurt oldidagi burçni anglaş orqali namoyon böladi.
Buxoro viloyati kengaşi hamda uning şahar va tuman öquv-sport texnika markazlari jamoalari bu borada muayyan natijalarga erişib kelmoqda. Keyingi yillarda öquv muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, avtoparklar zamonaviy öquv avtomobillari bilan boyitildi. Sportçilarning respublika va xalqaro musobaqalarda munosib iştirok etib, sovrinli örinlarni qölga kiritayotgani ham tizimdagi izçil mehnat samarasidir.
Tantanali tadbirda sözga çiqqanlar, jamoani qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etib, taşkilotning mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va aholiga texnik kasblarni örgatiş borasidagi köp yillik faoliyati, erişilgan yutuqlar bilan tabrikladilar.
Şundan söng taşkilotning 35 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan esdalik medallarini topşiriş marosimi bölib ötdi. Tizimda samarali mehnat qilib, yoşlarga kasb-hunar va haydovçilik sirlarini örgatiş, texnik sport turlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşayotgan xodimlar, taşkilot ravnaqi yölida köp yillar mehnat qilgan faxriy ustozlar hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşda faollik körsatayotgan taşkilotlar vakillari munosib taqdirlandi.

Bu eʼtirof, avvalo, yillar davomida halol va fidokorona mehnat qilgan insonlarga bildirilgan hurmat ifodasidir. Zero, har qanday tizimning muvaffaqiyati uning moddiy-texnik imkoniyatlarigina emas, balki tajribali mutaxassislari, fidoyi ustozlari va öz işiga masʼuliyat bilan yondaşadigan xodimlari bilan belgilanadi.
Taqdirlanganlar nomidan sözga çiqqan faxriylar va xodimlar körsatilgan eʼtibor uçun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham taşkilot nufuzini yuksaltiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning kasbiy va jismoniy salohiyatini rivojlantiriş yölida bor kuç-ğayratlarini safarbar etişlarini taʼkidladilar.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri