Partiya şahar Kengaşining konferensiyasi bölib ötdi
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyati yanada ortib bormoqda. Ayniqsa, aholi bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, tadbirkorlik va xususiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda partiya tuzilmalarining faolligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Buxoro şahar Kengaşining konferensiyasi bölib ötdi.
Konferensiya kun tartibidan partiyaning yangi Siyosiy dasturi loyihasini muhokama qiliş, quyi böğinlar faoliyatini yanada takomillaştiriş, elektorat manfaatlarini kengroq ifoda etiş, şuningdek, O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengaşi konferensiyasiga munosib vakillarni saylaş kabi muhim masalalar örin oldi.
[gallery-32658]
Yiğilişda aholi murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş, elektorat vakillari bilan doimiy va manzilli muloqotni yölga qöyiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, tadbirkorlar, fermerlar, yoşlar va xotin-qizlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning yangi ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş partiya faoliyatining ustuvor yönalişlari sifatida belgilab olindi.
Muhokamalar davomida partiyaning quyi böğinlari faoliyatini jonlantiriş, joylardagi muammolarni örganişda deputatlar va faollar masʼuliyatini kuçaytiriş, aholi işonçini amaliy işlar orqali mustahkamlaş zarurligi qayd etildi. Çunki siyosiy partiyaning jamiyatdagi nufuzi faqat tadbirlar soni bilan emas, balki odamlarni öylantirayotgan masalalarga aniq yeçim topişi, berilgan vaʼdalarning ijrosini taʼminlaşi bilan namoyon böladi.
Konferensiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengaşi konferensiyasida iştirok etiş uçun delegatlar saylandi.
Mazkur konferensiya partiya faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, elektorat bilan aloqalarni mustahkamlaş va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yölidagi muhim taşkiliy qadam böldi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), ÖzA muxbirlari