Yoruğ kelajakka bölgan işonç
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz böylab turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, vatanparvarlik aksiyalari taşkil etilmoqda. Ularda xalqimizning milliy ğururi, Vatanga sadoqati va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğulari namoyon bölmoqda. Ana şunday taşabbuslardan biri “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida ötkazilayotgan bayroq estafetasidir.
Kuni keça uşbu faxrli estafeta Surxondaryo viloyatidan Qaşqadaryo viloyatiga tantanali ravişda topşirildi. Ramziy tadbir Dehqonobod tumanida kötarinki ruhda davom etdi. Unda yoşlar, nuroniylar, faxriylar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etib, Davlat bayroğini yuksak ehtirom bilan kutib oldi.
Estafeta doirasidagi tadbirlar Qarşi şahrida ham davom etdi. Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan şaharda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida tantanali bayram tadbiri taşkil etildi.
Unda Janubi-Ğarbiy maxsus harbiy okrugga qaraşli harbiy qismlar harbiy xizmatçilari, Milliy gvardiya va boşqa kuç tuzilmalari xodimlari, faol yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
[gallery-32491]
Tadbir doirasida şahar köçalari böylab harbiy orkestr sadolari ostida tantanali yuriş ötkazildi. Unda iştirokçilarning Vatanga muhabbati, milliy ğurur va iftixori, muqaddas bayroğimizga bölgan yuksak ehtiromi öz ifodasini topdi.
Darhaqiqat, davlat bayroği şunçaki ramz emas. Unda xalqimizning asriy orzu-intilişlari, ozodlik va mustaqillik ğoyalari, bugungi tinç va osuda hayotimiz hamda yoruğ kelajakka bölgan işonç mujassam.
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostidagi bunday tadbirlar esa yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarimizga hurmatni oşiriş va yurtdoşlarimizni yagona maqsad atrofida birlaştirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat), ÖzA muxbirlari