Özbekiston va Koreya Respublikasi: korrupsiyaga qarşi kuraşiş va taʼlim sohasida hamkorlik kengayadi
Seulga taşrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi raisi Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va fuqarolik huquqlarini himoya qiliş komissiyasi raisi Çon Il Yon bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, qonun ustuvorligini mustahkamlaş hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş borasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Çon Il Yon Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, davlat boşqaruvida oçiqlikni mustahkamlaş va raqamlaştiriş sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Masʼul muassasalar örtasida imzolangan memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi. Xususan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, davlat xizmatçilarini öqitiş hamda korrupsiyaning oldini oliş borasida töplangan ilğor tajribani özaro almaşişga qaratilgan alohida çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.
***
Özbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi taʼlim sohasida faoliyat yurituvçi qator taşkilotlar vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Jumladan, “EduLink” kompaniyasi direktori Xan Çon Rim bilan ötkazilgan uçraşuvda maktabgaça taʼlim sifatini oşiriş, xorijiy tillarni öqitişning innovatsion metodikalarini joriy etiş hamda pedagoglar malakasini oşiriş böyiça hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, kompaniyaning innovatsion dasturlari asosida Özbekiston boğçalarida 3,5 ming bola ingliz tilini örganmoqda, 3 mingga yaqin pedagogning malakasi oşirilgan. Uçraşuvda ilğor metodikalarni “Yangi avlod” maktabgaça taʼlim muassasalarida ham joriy etiş, pedagoglarni tayyorlaş va ular uçun maxsus öquv kurslarini taşkil etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Şinxan universiteti prezidenti Kan Son Çjon bilan bölib ötgan muloqot davomida Özbekistonda taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini faollaştiriş, Özbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarini universitetning xalqaro hamkorlik tarmoğiga jalb etiş, şuningdek, qöşma ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil qiliş böyiça qator takliflar ilgari surildi. Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlaş, xususan, hamşiralik işi yönalişidagi hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
N.Abduraimova,
ÖzA