Özbekiston – Ömon: siyosiy muloqotdan iqtisodiy natijalar sari
Keyingi yillarda mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan turli yönalişlardagi hamkorlik aloqalari kengayib, yangidan-yangi yönalişlarda imkoniyatlar eşiklari oçilmoqda. Jumladan, Özbekiston – Ömon örtasidagi munosabatlar döstona va köp qirrali bölib, siyosiy, iqtisodiy, savdo, investitsiya, transport, turizm va madaniy-gumanitar sohalarni qamrab oladi.
Barqaror rivojlaniş markazi bölim boşliği Jahongir Isayev Özbekiston va Ömon munosabatlari, investitsiya, transport-logistika va maxsus iqtisodiy zonalar böyiça hamkorliklar hamda 16-17-noyabr kunlari Maskat şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan biznes-forumining ahamiyati haqida ÖzA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:
— Yaqinda Maskat şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Özbekiston – Ömon biznes-forumi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada faollaştiriş uçun muhim maydon bölişi kutilmoqda. Forum doirasida savdo va investitsiyalar, transport-logistika, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi hamda turizm sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari körib çiqilişi belgilangan. «Made in Uzbekistan» körgazmasi esa milliy mahsulotlarimizni yangi bozorlarga olib çiqişga xizmat qiladi.
Bunday muloqotning ahamiyati faqat uçraşuvlar yoki imzolanişi mumkin bölgan hujjatlar soni bilan ölçanmaydi. Eng muhimi, kelişuvlarni işlab çiqariş quvvatlari, barqaror savdo yönalişlari va yangi iş örinlariga aylantiriş. Özbekiston va Ömonning iqtisodiy imkoniyatlari aynan şu nuqtai nazardan bir-birini töldiradi: mamlakatimiz sanoat va qişloq xöjaligi salohiyatiga ega, Ömon esa Hind okeaniga tutaş portlari va xalqaro logistika tarmoqlari bilan ajralib turadi.
Taʼkidlaş lozimki, 1992-yil 22-aprelda diplomatik munosabatlar örnatilganidan buyon ikki davlat özaro hurmat va amaliy manfaatlarga asoslangan muloqotni rivojlantirib kelmoqda. Bugun sarmoyaviy şeriklikning kölami kengaymoqda. Maʼlumotlarga köra, Özbekistonda Ömon kapitali iştirokida 10 ta korxona faoliyat yuritmoqda, umumiy qiymati 3,2 milliard dollarlik 20 ta yangi qöşma loyiha esa işlab çiqiş bosqiçida. Bu raqam hozirga qadar özlaştirilgan investitsiya miqdorini emas, istiqbolli loyihalar portfelini anglatadi. Endi asosiy vazifa ularni moliyalaştiriş, quriliş va işlab çiqariş bosqiçlariga izçil ötkazişdan iborat.
Bunda Özbekiston-Ömon investitsiya kompaniyasi – UzOman tajribasi muhim. Uning kapitalida Ömon investitsiya boşqarmasi 75 foiz, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi 25 foiz uluşga ega. Mazkur mexanizm qöşma loyihalarni mablağ bilan taʼminlaş barobarida, texnologiya va boşqaruv tajribasini jalb qiliş imkonini ham beradi.
Özaro hamkorlikdagi muhim amaliy qadamlar muntazam davom etib kelyapti. Jumladan, logistika sohasida mamlakatimizdagi içki yuk terminallarini Ömonning xalqaro logistika tizimi bilan boğlaş uçun yangi şart-şaroitlar yaratilmoqda. Ömon va Özbekiston örtasida eksportga yönaltirilgan sanoat loyihalari, investorlarga xizmat körsatişni soddalaştiriş va maxsus iqtisodiy zonalarni boşqariş tajribalari almaşilmoqda. Ömonda özbek mahsulotlari uçun savdo-taqsimot va logistika markazlarini taşkil etiş, ularni mamlakatimizdagi logistika tarmoqlari bilan boğlaş takliflari ikki tomonning tegişli vazirliklari iştirokida muhokama qilingan.
Iqtisodiy aloqalarni insonlar örtasidagi muloqot ham töldirmoqda. Joriy yil 4-iyuldan Maskat-Toşkent yönalişida muntazam töğridan-töğri aviaqatnov yölga qöyilgani tadbirkorlar, turistlar va ilmiy-taʼlim muassasalari uçun qöşimça qulaylik yaratdi. Madaniy meros, ziyorat turizmi va akademik almaşinuvlar borasida ham foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud.
Kelgusida investitsiya loyihalarining masʼullari, moliyalaştiriş manbalari va muddatlarini belgilaş, eksportçilar uçun taqqoslama logistika tariflarini işlab çiqiş, maxsus iqtisodiy zonalar örtasida töğridan-töğri işlab çiqariş kooperatsiyasini kengaytiriş, suv va energiya tejovçi qöşma loyihalarning natijalarini muntazam baholaş kabi yondaşuvlar ikki tomonlama muloqotni barqaror iqtisodiy samaraga aylantirişga xizmat qiladi.
Bir söz bilan aytganda, Özbekiston va Ömon örtasidagi muloqot va işbilarmonlik uçraşuvlari amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA