Iqlim özgarişiga qarşi kuraş — umumiy masʼuliyat va hamkorlik masalasi
Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) va Jahon yetakçilari sammitida davlatimiz rahbari nutq sözlab, bir qator muhim ekologik taklif-taşabbuslarni ilgari surdi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari öz fikr-mulohazalarini bildirdi:
Oybek Rahimov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzosi:

— Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar mamlakatimizning ekologik barqarorlik borasidagi maqsadlari aniq va uzoq istiqbolga yönaltirilganini körsatadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini yaratiş taklifi bugungi mintaqaviy voqelikdan kelib çiqqan, katta strategik ahamiyatga ega taşabbus.
Bugun Markaziy Osiyoda iqlim özgarişining oqibatlari tobora keskinlaşmoqda. Muzliklar qisqarmoqda, suv resurslariga bosim kuçaymoqda, qurğoqçilik va çöllaniş jarayonlari kengaymoqda. Bu özgarişlar qişloq xöjaligi, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi farovonligiga bevosita taʼsir körsatyapti.
Ayniqsa, suv masalasi mintaqamiz uçun strategik ahamiyatga ega. Suv resurslarining taqçilligi kelgusida iqtisodiy ösiş surʼatlari, aholi bandligi va ijtimoiy barqarorlikka ham taʼsir qilişi mumkin. Şuning uçun bugundanoq suvdan foydalaniş madaniyatini özgartiriş, zamonaviy tejamkor texnologiyalarni keng joriy etiş va transçegaraviy suv resurslarini hamkorlikda boşqariş böyiça qatʼiy mexanizmlarni şakllantirişimiz zarur.
Prezidentimiz taklif etgan Iqlim integratsiyasi modeli aynan şu vazifalarga xizmat qilişi bilan ahamiyatli. Uning axborot, texnologik va moliyaviy yönalişlarga asoslanişi mintaqaviy hamkorlikka aniq amaliy mazmun beradi. Tabiiy ofatlarni oldindan prognoz qiliş va erta ogohlantiriş, ilğor ekologik texnologiyalarni ommalaştiriş, barqaror moliyalaştiriş manbalarini şakllantiriş – bularning har biri mintaqaning umumiy ekologik xavfsizligi uçun muhim.
Özbekistonning kelgusi yildan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qilişi ham mamlakatimiz zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Orol fojiasi butun insoniyat uçun jiddiy saboq böldi. Uning oqibatlarini yumşatiş, Orolböyi hududida ekologik va ijtimoiy muhitni yaxşilaş, mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça amaliy hamkorlikni kuçaytiriş umumiy vazifamizdir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Iqlim integratsiyasi modeli Markaziy Osiyo davlatlari örtasida yangi hamkorlik köpriklarini barpo etişga xizmat qiladi.
Gulçehra Tojiboyeva, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzosi:

— Bugun iqlim özgarişi butun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Prezidentimizning BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi nutqida mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari örtasida hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan aniq takliflar ham bayon etildi.
Eʼtiborlisi, Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşda öz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajariş bilan çeklanib qolmayapti. Mamlakatimiz yalpi içki mahsulot birligiga nisbatan issiqxona gazlari çiqindilarini 35 foizga kamaytiriş böyiça belgilangan maqsadga muddatidan oldin erişdi. Endi esa 2035-yilga qadar zararli çiqindilarni 50 foizga qisqartiriş vazifasi belgilanmoqda. Bu mamlakatimizda yaşil iqtisodiyotga ötiş, energiya samaradorligini oşiriş va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytiriş borasidagi siyosat izçil davom etayotganini körsatadi.
Qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini kelgusi tört yilda 54 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu nafaqat energetika sohasida yangi imkoniyatlar yaratadi, balki anʼanaviy energiya manbalariga bölgan ehtiyojni kamaytiriş, havoga çiqariladigan zararli moddalarni qisqartiriş va ekologik toza işlab çiqarişni kengaytirişga xizmat qiladi.
Prezident nutqida ekologik taʼlim-tarbiya masalasiga alohida eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas. Çunki tabiatni asraş faqat davlat idoralari yoki mutaxassislarning vazifasi emas. Bu har bir insonning kundalik hayoti, madaniyati va masʼuliyati bilan boğliq. Ekologik bilim va könikmalarni oila, mahalla, maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan boşlab şakllantiriş zarur. 2050-yilga qadar mamlakat aholisining törtdan uç qismida yetarli ekologik bilim va madaniyatni şakllantiriş maqsadi ham uzoq muddatli taraqqiyot uçun muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar iqlim özgarişiga qarşi kuraşda faqat oqibatlarni bartaraf etiş emas, balki xavflarni oldindan baholaş, ularning oldini oliş va barqaror yeçimlarni birgalikda işlab çiqişga qaratilgani bilan ahamiyatli. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy maqsad atrofida birlaşişi suv, yer, havo va tabiiy resurslarni muhofaza qilişda yangi imkoniyatlar oçadi. Eng muhimi, bu taşabbuslar ekologik xavfsizlikni iqtisodiy taraqqiyot, aholi farovonligi va kelajak avlodlar manfaatlari bilan uzviy boğliq holda taʼminlaşga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA