Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik çoralari belgilandi
2026-yil 2-noyabrdagi 1186-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, obʼektlarni quriş uçun yer uçastkalarini ajratiş, loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va qurilişi tugallangan obʼektni foydalanişga qabul qiliş tartib-taomillarini amalga oşirişda vakolatli organ hamda xulosa beruvçilarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarişiga öz mansab vakolatlaridan foydalanib, qonunga xilof ravişda aralaşiş BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolçilarga avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy gaz ballonlarida beriş BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlarining uçinçi şaxslar hayoti va (yoki) soğliğiga yonğin yuzaga kelişi natijasida zarar yetkazganlik uçun özining fuqarolik javobgarligini, şuningdek uşbu obʼektlarni yonğindan majburiy suğurta qiliş böyiça majburiyatini bajarmasligi mansabdor şaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Yonğin auditini ötkazişga oid qonunçilikda belgilangan talablar va şartlarni buziş fuqarolarga BHMning 15 baravari, mansabdor şaxslarga esa 30 baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
ÖzA