Dorilarni retseptsiz beriş tartibi yangilandi
Aholi salomatligini himoya qiliş hamda farmatsevtika bozorida soğlom muhitni şakllantiriş maqsadida dori vositalarini tartibga soliş tizimi izçil ravişda takomillaştirib borilmoqda. Xususan, Adliya vazirligi 2026-yilning 12-noyabrida Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlarni davlat röyxatidan ötkazdi.
Uşbu hujjat dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan turlarga ajratiş tartibini tubdan yangiladi. Bu özgarişlar nafaqat farmatsevtika bozori iştirokçilari, balki har bir isteʼmolçi uçun ham katta amaliy ahamiyatga ega.
Yangi tartibga köra, dori vositasini retseptsiz beriladigan toifaga kiritişning qatʼiy va şaffof mezonlari aniq belgilab berildi. Endilikda bunda preparatning tibbiy xodimning doimiy nazoratisiz mustaqil va xavfsiz qöllanilişi birinçi navbatda hisobga olinadi. Şuningdek, dorini notöğri içiş, dozani oşirib yuboriş, suiisteʼmol qiliş yoki qaramlik holatlarini keltirib çiqariş xavfi past bölişi talab etiladi. Dori vositasining qöllaş yöriqnomasidagi maʼlumotlar oddiy isteʼmolçi uçun tuşunarli, töliq va aniq bölişi ham asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda.
Bu borada Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan eʼtirof etilgan xalqaro tartibga soluvçi organlarning tajribasi va amaliyotiga ham keng tayanilmoqda. Xususan, farmakonazorat hamda postmarketing nazorati natijalarini çuqur örganiş orqali dorilarning xavfsizlik körsatkiçlari baholanadi. Şu bilan birga, faqatgina bitta emas, balki ikki yoki undan ortiq faol moddadan taşkil topgan majmuaviy dori vositalari ham aniq ilmiy asoslarga köra retseptsiz beriladigan toifaga kiritilişi mumkin. Bunda har bir moddaning davolovçi taʼsiri, foyda va xavf nisbati hamda özaro taʼsir xavflari mutaxassislar tomonidan sinçiklab tekşiriladi.
Hujjatda tadbirkorlar va işlab çiqaruvçilarga qulaylik yaratuvçi yangi yengilliklar ham nazarda tutilgan. Agar ilgari dori vositasini retseptsiz toifaga ötkaziş rad etilsa, arizaçi uzoq muddat kutişiga töğri kelgan bölsa, endilikda rad etiş sabablari bartaraf etilganda yoki yangi xavfsizlik maʼlumotlari olinganda uç yil kutmasdan qayta murojaat qiliş huquqi berildi. Bu esa ortiqça byurokratiyaning oldini olib, dori vositalarini bozorga çiqariş jarayonlarini tezlaştiradi. Şu bilan birga, vakolatli organ farmakonazorat natijalari va qonunçilikdagi yangiliklardan kelib çiqib, preparatlarning toifasini zarur hollarda qayta körib çiqiş huquqiga egaligi belgilandi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA