“El-yurt umidi” jamğarmasi ayrim daʼvolar yuzasidan sudlarda davlat boji tölaşdan ozod qilinadi
Özbekiston Respublikasining 2026-yil 13-noyabrdagi ÖRQ-1190-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Kiritilgan qöşimçalarga köra, Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi:
– şartnoma şartlarini bajarmagan stipendiatni xorijda öqitiş böyiça xarajatlarni undiriş töğrisidagi daʼvolar yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sudlarda davlat bojini tölaşdan ozod qilinişi belgilandi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra:
– vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari loyihalarining jamoatçilik muhokamasi muddati ular portalda joylaştirilgan kundan eʼtiboran 10 kundan kam bölmasligi kerak.
Bunda, agar buyruqlar va qarorlar loyihalari yuzasidan dastlabki 5 kun içida fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar kelib tuşmasa, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan hamda davlat röyxatidan ötkaziş uçun Adliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritişi mumkinligi belgilandi.
Uşbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
ÖzA