Rieltorlik xizmatlari bozorida qanday özgarişlar böladi?
Köçmas mulk bozorini rivojlantiriş, rieltorlik xizmatlari sifatini oşiriş va fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş sohadagi islohotlarning muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonuni 2026-yil 8-noyabrdan kuçga kirdi.
Bugun Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova iştirokida ötkazilgan brifingda mazkur qonunning mazmun-mohiyati, sohada joriy etilayotgan yangiliklar va ularning ahamiyati haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, yangi qonun rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş, bozorda soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan. Şu bilan birga, qonun xususiy köçmas mulk egalari tomonidan mustaqil ravişda tuziladigan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjat bilan soha faoliyatini taşkil etiş böyiça bir qator yangiliklar joriy etilmoqda. Jumladan, riyeltorlik taşkilotlari va köçmas mulk böyiça agentlarning kasbiy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida kamida 50 nafar aʼzoga ega professional jamoat birlaşmalarini taşkil etiş belgilangan. Uşbu birlaşmalar malaka imtihonlarini ötkaziş, sertifikatlar beriş, öz aʼzolarining faoliyati hamda kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilişini nazorat qiliş vakolatiga ega böladi.
Şuningdek, rieltorlar, riyeltorlik taşkilotlari, köçmas mulk böyiça agentlar va professional jamoat birlaşmalari haqidagi maʼlumotlarni öz içiga olgan Yagona reyestr elektron şaklda yuritiladi va oçiq böladi. Hozirda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan “Rieltorlar, rieltorlik taşkilotlari, köçmas mulk böyiça agentlar va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlaşmalarining yagona reyestriga kiriş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqilgan bölib, kelişiş bosqiçida turibdi.
Yangi tartibga köra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar ham belgilangan talablarga muvofiq köçmas mulk böyiça agent sifatida faoliyat yuritişi hamda Yagona reyestrga kiritiladi. Bundan taşqari, riyeltorlik taşkilotlari va agentlarning javobgarligini majburiy suğurtalaş talabi belgilangan. Bu esa xizmatlardan foydalanuvçilarning manfaatlarini himoya qiliş va soha vakillarining masʼuliyatini oşirişga xizmat qiladi.
Qonunda nazarda tutilgan muhim yangiliklardan yana biri esa multilisting tizimining joriy etilişidir. Uşbu elektron axborot tizimi köçmas mulk obʼektlari va ularga oid takliflarni töplaş, saqlaş hamda almaşiş imkonini beradi. Natijada riyeltorlik xizmatlarini “yagona darça” tamoyili asosida körsatiş, davlat organlari va taşkilotlari bilan şartnoma asosida real vaqt rejimida elektron maʼlumot almaşiş imkoniyati yaratiladi. Ayni paytda jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda multilisting tizimi böyiça maxsus milliy standart işlab çiqilmoqda.
Brifing yakunida taʼkidlanganidek, yangi qonunning amaliyotga joriy etilişi köçmas mulk bozorida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş, riyeltorlik xizmatlari sifatini oşiriş hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA