Yo‘l azobi bartaraf etiladi
Farg‘ona viloyati markaziga avtomobilda kelganlaru, Bag‘dod aholisi yo‘l azobi nima ekanini yaxshi biladilar. Qo‘qondan Bag‘dodga kiraverishdagi aylanma yo‘ldan yursangiz, tirbandlikka uchraysiz. To Rishton yoki Oltiariq yo‘nalishiga chiqquncha ahvol shu. Mashoyixlar aytganidek, aslida masofani piyoda tezroq bosib o‘tish mumkin bo‘ladi, bu yerlarda.
Shu kunlarda Bag‘dodda boshlangan islohotlar doirasida xalqa yo‘lini kengaytirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozir mavjud yo‘lning ikki tomonida qurilish ishlari jadal olib borilyapti. Har kuni 30-35 ming avtomashina o‘tadigan yo‘l ilgari atigi ikki qator bo‘lgandi, xolos.
– Ilgari yo‘l 8 metr edi. Endi 16 metr bo‘ladi, – deydi “Qo‘qon yo‘l ta’mir” MCHJ prorabi Yodgor Haydarov. –Aholiga qulaylik bo‘lishi uchun ikki tomonida piyodalar yo‘lagi, velosiped yo‘lagi qilinmoqda. Piyodalar yo‘lagida nogironlar uchun alohida qator ham quriladi.

To‘g‘ri, bugun, hozircha haydovchilarga bir oz noqulaylik tug‘diradi. Ammo u vaqtincha. Erta-indin bu yo‘l to‘rt qatorga aylanadi. Yo‘lovchilar ham istagan joyidan o‘tib ketavermaydi. Ularga alohida o‘tish joylari bunyod etilmoqda. Ha, haydovchiga ham, yo‘lovchilarga ham qulaylik yaratilmoqda.

Endi avtomashina Bag‘dod orqali yurganda ko‘zlangan manzilga avvalgiga qaraganda ancha tez yetadi. Chunki yo‘l tirbandligidan xalos bo‘ladilar.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/Vz_ZyIE4YRc" title="Yo‘l azobidan qutiladilar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA